265-modda. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish organlari
Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va
sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga
ushbu Kodeksning
212
,
213-moddalarida
,
214-moddasida
(bundan tabiatni muhofaza qilishga
taalluqli qismi mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va
sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar
nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima solish
tarzidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya
sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining sakson
baravarigacha miqdorda;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya
sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha davlat inspektorlari — bazaviy
hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.
(265-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7 iyuldagi O‘RQ-852-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/852/0461-son — 2023 yil 9-oktabrdan kuchga
kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
(266-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli
Qonuniga
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |