O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet280/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

263-modda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari
sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat
bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 151-moddasining 
birinchi qismida
, 152-
moddasining 
birinchi qismida

153

154

156-moddalarida 
nazarda tutilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat
bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek mazkur davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari boshliqlari ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir.
(263-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R
QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
264-modda. Davlat soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi
bo‘linmalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat soliq organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo‘linmalariga ushbu Kodeks
159

168-moddasida
, 174-moddasining 
uchinchi qismida

215 -moddasida
nazarda tutilgan
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. Ushbu Kodeks 175-moddasining 
birinchi
,
ikkinchi

uchinchi

beshinchi
va 
oltinchi qismlarida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar davlat soliq organlariga taalluqlidir.
(264-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son — 2022-yil 13-
iyundan kuchga kiradi)
Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, uning
o‘rinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman
va shahar bo‘limlarining boshliqlari tegishincha ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan
organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo
choralarini qo‘llashga haqlidirlar.
1
3


(264-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling