266 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali
uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga, shuningdek uning hududiy
inspeksiyalariga ushbu Kodeks 159-moddasining
birinchi
(ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarni
saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish
qoidalari va normalarini buzishga oid qismida),
ikkinchi
va
uchinchi qismlarida
nazarda tutilgan
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali
uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo
choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali
uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i va bo‘lim boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali
uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari
boshliqlari.
(266 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-773-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/773/0461-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
267-modda. Davlat statistika organlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning
215-
moddasida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va
ularning o‘rinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika bo‘limlarining boshliqlari ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir.
(267-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(267 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-sonli
Qonuni
bilan
chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |