O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet302/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish
Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish yoki ashyolarini ko‘zdan kechirish
vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyolar bo‘lmish ashyo
va hujjatlar ushbu Kodeksning 
287
 va 
289-moddalarida 
nazarda tutilgan organlarning mansabdor
shaxslari tomonidan olib qo‘yiladi. Olib qo‘yilgan ashyo va hujjatlar ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish huquqi
berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish
ko‘rib bo‘linganidan keyin esa, uni ko‘rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar
belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo‘q qilib yuboriladi,
ashyolar haq to‘lab olib qo‘yilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi.
Olib qo‘yilgan orden, medal, faxriy unvonning ko‘krakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga
qaytarib beriladi, basharti, egasi noma’lum bo‘lsa, unda tegishli organga jo‘natiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona qoidalari yoki soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, basharti
huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lmasa, jarima undirilishini
ta’minlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qo‘yilishi mumkin.
(290-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ashyo va hujjatlar olib qo‘yilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni ko‘zdan kechirib chiqish yoki
ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.


Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik
hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo
qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar
transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti
olib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga, shuningdek
haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi guvohnomasining taloniga
tegishlicha yozib qo‘yilib, talonlar transport vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib
beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish — O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi
guvohnomani olib qo‘yish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ov qilish
huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish esa — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(290-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son— 2020-yil 26-
martdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
185

220

220
 va 
221-moddalarida
 nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir
etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlari ish ko‘rib chiqilguniga qadar qurolni va uning o‘q-
dorilarini olib qo‘yishga haqli bo‘lib, bu haqda olib qo‘yilayotgan qurolning markasi yoki modeli,
kalibri, turkumi va raqami, o‘q-dorilarning miqdori va turi ko‘rsatilgan holda bayonnomaga yozib
qo‘yiladi.
(290-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-
sentabrdan kuchga kiradi)
O‘z xizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan uning
ashyolarini olib qo‘yish, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirib chiqish juda zarur
bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling