O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


XXI bob. MA’MURIY YO‘L BILAN UShLAB TURISh, AShYoLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet298/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

XXI bob. MA’MURIY YO‘L BILAN UShLAB TURISh, AShYoLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI
KO‘ZDAN KEChIRISh, AShYoLAR VA HUJJATLARNI OLIB QO‘YISh
285-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari
Boshqa ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanib bo‘linganidan keyin ma’muriy huquqbuzarlikni
to‘xtatish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur bo‘lib, uni
huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida tuzish imkoni bo‘lmagan taqdirda ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ishlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini
ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish
maqsadida mazkur shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazishga,
uning ashyolari, transport vositalarini ko‘zdan kechirishga va ashyo hamda hujjatlarni olib qo‘yishga
yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan maqsadlarda shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish,
shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish, uning ashyolari, transport vositalarini ko‘zdan kechirish va ashyo
hamda hujjatlarini olib qo‘yish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa
qonunchiligi bilan belgilanadi.
(285-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
286-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan
sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlab turilgan
shaxs haqidagi ma’lumotlar; uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari ko‘rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ushlab turilgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu
haqda yozib qo‘yiladi.
Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-
urug‘lari, advokat, ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat xabardor qilib qo‘yiladi. Voyaga yetmagan


shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor
qilinadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling