O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet306/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

295-modda. Jabrlanuvchi
Ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs
jabrlanuvchi deb topiladi.
Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqishga, ko‘rsatuvlar berishga,
dalillar keltirishga, iltimoslar qilishga, ishni ko‘rib chiqish paytida advokatning yuridik yordamidan
foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan
chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
296-modda. Qonuniy vakillar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan yoki o‘zining jismoniy nuqsonlari yoxud ruhiy holatining buzilganligi
sababli ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan o‘z huquqini o‘zi amalga
oshirolmaydigan — ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoki jabrlanuvchining
manfaatlarini ular uchun mazkur shaxslarning qonuniy vakillari (ota-onalari, er yoki xotinlari, voyaga
yetgan bolalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ifodalashga haqlidirlar.
(296-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Qonuniy vakillar ish materiallari bilan tanishishga va manfaatlarini o‘zlari ifoda etayotgan
shaxs nomidan iltimoslar qilishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga
haqlidirlar.
297-modda. Advokat
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda shu huquqbuzarlikni sodir etgan
shaxsni ushlab turish paytidan boshlab advokat qatnashishi mumkin.
Advokat ishga oid materiallar bilan tanishib chiqishga, uni taklif qilgan shaxsning
topshirig‘iga binoan va uning nomidan iltimoslar qilishga va ish yuzasidan chiqarilgan qaror
ustidan shikoyat berishga haqlidir.
298-modda. Guvoh
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha aniqlanishi kerak bo‘lgan biron-bir holatdan
voqif bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi
mumkin.
Ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan guvoh ko‘rsatilgan
vaqtda kelishi, haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi, shu ish xususida o‘ziga ma’lum bo‘lgan hamma
narsalarni aytib berishi va qo‘yilgan savollarga javob berishi shart.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling