O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet309/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

299 -modda. Mutaxassis
Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yo‘li bilan
ko‘maklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam berish maqsadida fan, texnika,
san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, ishning yakunidan
manfaatdor bo‘lmagan voyaga yetgan shaxs mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan
shaxslar mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin emas.
Mutaxassis: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning tekshirish mavzusiga doir
materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish;
maslahatlar (tushuntirishlar) berish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va o‘rganish
obyektlarini taqdim etish to‘g‘risida iltimosnomalar berish; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish
o‘z ish yurituvida bo‘lgan organning (mansabdor shaxsning) ruxsati bilan ishni ko‘rib chiqish
chog‘ida hozir bo‘lish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga tekshirish
mavzusiga taalluqli savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z maslahatlari
(tushuntirishlari) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar
tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish
bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan fikr-mulohazalar bildirish; agar u ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, ona tilida maslahat berish va
tushuntirishlarini bayon qilish hamda bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish o‘z ish yurituvida bo‘lgan organning (mansabdor shaxsning)
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ushbu mutaxassisning huquqlari va erkinliklarini buzsa, mazkur
organning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Mutaxassis: o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq
tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan asosli va xolisona maslahatlar
(tushuntirishlar) berishi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish o‘z ish yurituvida bo‘lgan
1
1
2


organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan kelishi; o‘tkazilgan tekshirish xususida
ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan maslahatlarni (tushuntirishlarni) tushuntirib berish uchun
qo‘shimcha savollarga javob berishi; tekshirish o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib
qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlarining va ish
materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib
chiqilayotganda tartibga rioya etishi shart.
Mutaxassisning barcha yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha maslahatlari sudga yozma shaklda
taqdim etilishi kerak, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda mutaxassis
tomonidan berilgan tushuntirishlar esa ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
bayonnomasiga kiritiladi.
(299 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli 
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan
kuchga kiradi)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling