Hujjat 05.01.2018 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda
ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi (bundan
buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan
iborat.
2-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining
sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli
ishlab chiqarish
obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik
holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish
obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va
(yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab
chiqarish obyektlarida
qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi,
texnologiya jarayoni
rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi
sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek,
normativ
texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir.
Keyingi
tahrirga qarang.