16-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshirish
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti bo‘yicha uning
sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan
tartibda
o‘tkaziladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus
vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Mazkur
komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari.
Keyingi
tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya
tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug‘urta, uskunalarni
tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb
etishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek
boshqa tashkilotlar va davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektidagi
avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi
uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari
dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori,
sanoat xavfsizligi talablarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidan
foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo‘l qo‘ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun ko‘rilgan choralar hamda bunday
avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar ko‘rsatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini
moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |