3) ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor
qilingan-qilinmaganligi;
4) zarur qo‘shimcha materiallar so‘rab olingan-olinmaganligi;
5) ma’muriy javobgarlikka
tortilayotgan shaxs,
jabrlanuvchi,
qonuniy vakillar,
advokat qilgan
iltimoslar to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining
3-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
303 -modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini qaytarish
Ma’muriy ish mazkur organga (mansabdor shaxsga) taalluqli bo‘lmagan (sudloviga
tegishli
bo‘lmagan) yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari ushbu Kodeksning
281
va
282-
moddalarida
nazarda tutilgan talablar buzilgan
holda yuborilgan taqdirda, ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi
bayonnomani
tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytariladi.
(303 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan
kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining
4
,
7-bandlari
.
Do'stlaringiz bilan baham: