O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet301/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

289-modda. Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish
1
1
2
3
1
1

27
1
3
4
1
1
1
2
2
3
1
2
3
3
1
1
1
1
2
3
1
1


Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transportining,
bojxona organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari va chegara qo‘shinlarining
vakolatli shaxslari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda
esa, shunga vakolati bo‘lgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(289-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsda bo‘lgan shaxslar
tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ashyolarni ko‘zdan kechirib chiqish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo
transportining, bojxona organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining,
chegara qo‘shinlarining, soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi
bo‘linmalarining, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi organlarining, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlarining,
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek
tegishli vakolati bo‘lgan organlarning boshqa vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
(289-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qo‘lga kiritilgan mahsulotlar va boshqa
buyumlarni ko‘zdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida bo‘lsa,
o‘sha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, mazkur ashyolar,
buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikkita xolis guvoh ishtirokida ham ko‘zdan kechirib chiqilishi
mumkin.
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi yoki
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga yoxud ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish
to‘g‘risidagi bayonnomaga tegishincha yozib qo‘yiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona muassasalarida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish bojxonaga
doir qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(289-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling