O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

64-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
qoidalarini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini
buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(64-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining
qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu
jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari
hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma
olmasdan qurish yoki buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh
sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(64-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
64 -modda. Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan
munosabatda bo‘lish
Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish, ya’ni
yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo‘li bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish, moddiy
madaniy meros obyektlarini, shu jumladan ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy
qimmatiga dog‘ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek
moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
nazarda tutilgan oz miqdorda zarar yetkazgan
huquqbuzarlikni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan, ko‘p bo‘lmagan miqdorda zarar
yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
birinchi

ikkinchi
yoki 
uchinchi qismlarida
nazarda tutilgan
huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga
nisbatan ma’muriy qamoqqa olish qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash
miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Oz miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan
doiradagi, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz
baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
1


(64 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-oktabrdagi O‘RQ-794-sonli 
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling