VIII BOB. EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh VA TABIATDAN FOYDALANISh
SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
(VIII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
65-modda. Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish
Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer
maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik
pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir
etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning
belgilangan tartibini buzish —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(65-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha
maydonga ega yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu
jumladan yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi
oshirilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(65-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq
maydonga ega yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu
jumladan yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi
oshirilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, –
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(65-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Qishloq xo‘jaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va
boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(65-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |