O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. O‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan foydalanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

79 -modda. O‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan foydalanish
tartibi hamda shartlarini buzish
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish hamda tayyorlashning, shuningdek o‘simlik
dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik
maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(79 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan
kuchga kiradi)
80-modda. O‘rmonlarni tiklash qoidalarini buzish
1
1


O‘rmonlarni tiklash, ularning holatini va turi tarkibini yaxshilashga, ularning mahsuldorligini
oshirishga, shuningdek yetilgan yog‘och zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalar va
yo‘riqnomalarni buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(80-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunining 
4-bobi
.
81-modda. Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash
faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari,
g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini
o‘zboshimchalik bilan yig‘ish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(81-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(81-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son “O‘zbekiston Respublikasi Qizil
kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi 937-XII-sonli “Qimmatli va yo‘qolib borayotgan
o‘simliklar hamda hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga
solish to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yil 14-
iyuldagi 20-sonli qarori bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risida”gi 
nizom
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling