O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

89 -modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni
zararsizlantirish qoidalarini buzish
Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli
ruxsatnomasiz, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda
zararsizlantirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(89 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(89 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan
foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning
boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(90-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil
2-sentabrdan kuchga kiradi)
1
1
1


Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni
ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy
hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa —
yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(90-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil
2-sentabrdan kuchga kiradi)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni
ma’muriy jazo chorasi ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy
hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga
esa — o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni
sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan
mahrum etishga sabab bo‘ladi.
(90-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil
2-sentabrdan kuchga kiradi)
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda,
taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy
hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa —
qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir
etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum
etishga sabab bo‘ladi.
(90-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil
2-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling