(86-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
86 -modda. Ozon qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga doir talablarni
buzish
Obyektlarni
loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, xo‘jalik
faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida
korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud
bo‘lgan asbob-uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda ularni qo‘llashni
tartibga
solish choralarini ko‘rmaslik, shuningdek ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritmaslik,
ularning ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlamaslik,
ularning atmosfera
havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish, retsirkulatsiyani (ozonni buzuvchi moddalardan qayta
foydalanish maqsadida ularni birlamchi tozalashni) amalga oshirmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan
bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha,
mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(86 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan
kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: