O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

86-modda. Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan
foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik
Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun o‘rnatilgan inshootlar,
uskunalar, apparaturalardan, shuningdek chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va
tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(86-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


(86-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
86 -modda. Ozon qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga doir talablarni
buzish
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, xo‘jalik
faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud
bo‘lgan asbob-uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda ularni qo‘llashni tartibga
solish choralarini ko‘rmaslik, shuningdek ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritmaslik,
ularning ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlamaslik, ularning atmosfera
havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish, retsirkulatsiyani (ozonni buzuvchi moddalardan qayta
foydalanish maqsadida ularni birlamchi tozalashni) amalga oshirmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(86 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan
kuchga kiradi)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling