O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

85-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga
chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan
talablarni buzgan holda foydalanish
Oldingi
 tahrirga qarang.


Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yo‘l qo‘yiladigan normativdan ortiq
darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori
normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish; maxsus vakolat berilgan davlat
organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib
tashlash; qonunchilikka muvofiq maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish talab
etiladigan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish,
xuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib
ketishiga sabab bo‘luvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni
kamaytirish chora-tadbirlarini to‘liq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib
tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik —
(85-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(85-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha
foydalanish, xuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maxsus
vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz foydalanish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(85-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bosh sanitar vrachi tomonidan 2004-yil 12-may, 0147-04-
son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi aholi yashash joylarida mikroorganizm-produtsentlarning
atmosfera havosida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p darajasi 
(YQD)
”, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi raisining 2005-yil 15-dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va
unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni me’yorlash bo‘yicha taklif etilgan 
Yo‘riqnoma
”,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan
“Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risida 
Nizom
”, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat sanitar bosh vrachi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari tomonidan 2005-yil 11-noyabr,
0191-05-son bilan tasdiqlangan “Tuproqdagi ekzogen zararli moddalarning oxirgi yo‘l qo‘yiladigan va taxminiy
yo‘l qo‘yiladigan 
sanitar konsentratsiyalari
”.
(85-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling