O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni shuningdek kuchli


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

89-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni shuningdek kuchli
ta’sir etuvchi zaharli moddalarni hamda bug‘lanuvchan birikmalarni tashish, saqlash va
qo‘llanish qoidalarini buzish
(89-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral
o‘g‘itlarni hamda boshqa dorilarni, shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni va
bug‘lanuvchan birikmalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish, ularni qo‘llash hamda ulardan
bo‘shagan idishlarni zararsizlantirish qoidalarini tuproqning, suvning, atmosfera havosining


ifloslanishiga yoki o‘simliklar, hayvonot dunyosi yo‘q qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan
tarzda buzish —
(89-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-
711-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil
27-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(89-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, o‘simlik va
hayvonot dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(89-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va
begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni 
24-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling