O‘zbekiston respublikasining markaziy banki to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Huquqiy maqomi
-modda. Markaziy bank qo‘llaydigan choralar va sanksiyalar
Download 50.7 Kb.
|
markaziy bank toʻgʻrisidagi qonun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 54-modda. Xalqaro hamkorlik
- IX. BANKLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLAR 55-modda. Javobgarlikni cheklash
- 57-modda. Kliring va hisob-kitoblarni tashkil etish
- 58-modda. Bank axborot tarmog‘i va statistik axborot yig‘ish
- 59-modda. Markaziy bankning imtiyozli huquqi
- 60-modda. Markaziy bankning qarorlari ustidan shikoyat qilish
53-modda. Markaziy bank qo‘llaydigan choralar va sanksiyalar Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega. Agar yo‘l qo‘yilgan tartib buzilishlar yoki bank o‘tkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug‘dirgan bo‘lsa, Markaziy bank: banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirishga; Oldingi tahrirga qarang. bankdan bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish, shu jumladan aktivlar tuzilmasini o‘zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga dividendlar to‘lashni to‘xtatish tadbirlarini ko‘rishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini, shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga; (53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda) bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha o‘zgartirishga; bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha bo‘lgan muddatga, shuningdek filiallar ochishni ham shuncha muddatga taqiqlab qo‘yishga; bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish yoki Markaziy bank ko‘rsatmalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan davrda mansabdor shaxslar va aksiyadorlar ega bo‘lgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilishga; LexUZ sharhi Tijorat banklarga vasiylik qilish shartlari, asoslari va tartibi “Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 570, 19.12.1998-y.) bilan belgilangan. bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib olishga haqlidir. Bank filiallari to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan hollarda Markaziy bank bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadini qat’iy tartibda undirib oladi, shuningdek shunday miqdorda jarima soladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar hamda sanksiyalar qo‘llashga haqli. (53-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) Oldingi tahrirga qarang. Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank: mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga; lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir. Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qo‘llash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi. (54-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda) IX. BANKLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLAR 55-modda. Javobgarlikni cheklash Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas, ular shunday javobgarlikni o‘z zimmasiga o‘zlari olgan hollar bundan mustasno. 56-modda. Banklarning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari Markaziy bankka banklarning hisobvaraqlarini yuritish va depozitlarini qabul qilishga ruxsat etiladi. 57-modda. Kliring va hisob-kitoblarni tashkil etish Markaziy bank banklarga banklararo to‘lovlarga hisob-kitob-kliring xizmatini, shu jumladan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari orqali haq to‘lashni tashkil etishda yordam ko‘rsatish, shunday operatsiyalarni o‘tkazish tartibini o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilash va tegishli ko‘rsatmalar berishga haqlidir. 58-modda. Bank axborot tarmog‘i va statistik axborot yig‘ish Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun axborot tarmog‘ini yaratadi va saqlab turadi. Markaziy bank statistik axborotni tegishli organlardan yoki bevosita iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oladi. Markaziy bank statistik axborotni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish qoidalari hamda amaliyotini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olishda o‘z vakolatlari doirasida qatnashadi. 59-modda. Markaziy bankning imtiyozli huquqi Markaziy bankka qarzdorning hisobvaraqlaridagi qoldiqlari hamda uning Markaziy bankdagi boshqa aktivlari hisobidan o‘zining barcha talablarini qondirishdan iborat qat’iy imtiyozli huquq berilgan, majburiy rezervlar sifatida Markaziy bank depozitida turgan banklar mablag‘i bu aktivlarga kirmaydi. Markaziy bank o‘zining imtiyozli huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narxlarda sotish va tushumdan sotish xarajatlarini chegirib tashlagandan keyin o‘ziga tegishli bo‘lgan miqdordagi to‘lovni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.
Markaziy bankning qarorlari va harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1995-yil 21-dekabr, 154-I-son Download 50.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling