O'zbekiston respublikasining qizil kitobiga kiritilgan o'simliklar
Download 370.9 Kb.
|
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN O'SIMLIKLAR Tabiatni, shu jumladan lining ajralmas qismi o'simliklar dunyosini muhofaza qilish ayni zamonning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Respublikamizning xilma-xil, foydali turlarga boy, bebaho o'simliklarini muhofaza qilish bizning muqaddas burchimizga aylanmog'i lozim. Biz faqat foydali o'simliklarnigina emas, O'zbekiston hududida o'sayotgan har bir turni asrab-avaylashimiz va ularni kelgusi avlodlarga hozirgisidan ham a'lo darajada in'om etishimiz kerak. Ha, sir emas, insonning salbiy ta'siri natijasida o'simlik qoplamlari va turlarining soni tobora kamayib ketdi. Tabiatdan oqilona foydalanilmaslik tufayli ayrim yo'qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobi ta'sis etildi. Hech shubhasiz, «Qizil kitob» nima, unga qanday o'sim-liklar kiritiladi va unda kamyob o'simliklar uchun qanday ma'lumotlar beriladi degan savollar tug'iladi. Qizil kitobga kiritilgan har bir o'simlik uning xavf ostida turganligidan dalolat beruvchi tashvishli signaldir. Qizil kitobning mohiyati shundaki, u nabotot olamining kamyob, yo` qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma'lumotlar beruvchi hujjat hamdir. Qizil kitobning vazifasi jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko'maklashishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o'simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnif (klassifikatsiya)ga binoan 4 ta guruhga ajratildi: 1. Yo'qolgan yoki yo'qolish arafasidagi turlar. 2. Yo'qolib borayotgan turlar. 3. Kamyob turlar. 4. Ka-mayib borayotgan turlar. Albatta, vaqt o'tishi bilan kiritilgan guruhlardagi turlar biridan ikkinchisiga o'tishi mumkin. Qizil kitobni tuzishda asosan O'zRFA Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq gerbariylardan va Rossiya FA «Botanika» institutidagi gerbariylardan hamda shu institutlardagi ilmiy manbalardan foydalanildi. 1984-yili nashr etilgan O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga 163 tur o'simlik kiritilgan bo'lsa, uning 1998-yili chop etilgan ikkinchi nashriga 301 tur o'simlik kiritildi. Shunday qilib,keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o`lkamiz florasida yana 138 o`simlik Qizil kitobiga kiritilgan o'simliklar:Qizil kitobning o'zbek va rus tillarida yozilgan ikkinchi nashriga kiritilgan har bir turning o'zbekcha, ruscha va lotincha (ilmiy) nomlari, kamyoblik darajasi, qisqacha botanik tavsifi, tarqalishi, o'sish sharoiti, tabiatdagi soni, ko'payishi, o'sim-likning kamayib ketish sabablari, madaniylashtirilishi, muhofaza choralari, ilmiy manbalar, tarqalishini ko'rsatuvchi xarita va o'simlikning rasmi berilgan. Qizil kitobga kiritilgan turlar respublikamizda bir xilda tarqalmagan. Qoraqalpog'iston Respublikasida — 11, Andijon — 4, Buxoro — 24, Jizzax — 21, Navoiy — 13, Namangan — 12, Samarqand — 45, Surxondaryo — 112, Sirdaryo — 2, Toshkent — 80, Farg'ona — 28, Qashqadaryo — 59.Keltirilgan raqamlardan ko'rinib turibdiki, kamyob turlarga boyligi jihatidan Surxondaryo (112), Toshkent (80) va Qashqadaryo (59) viloyatlari oldingi o'rinda turadi. Ta'kidlash joizki, kamyob turlarning aksariyat qismi tog'li hududlarda tarqalgan. Turlarga boyligiga ko'ra burchoqdoshlar (60 tur), qo-qio` tdoshlar (50 tur), yalpizdoshlar (23 tur) oilalari alohida o'rinda turadi. Download 370.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling