O'zbekiston respublikasining qizil kitobiga kiritilgan o'simliklar
YERDA O'SIMLIKLAR DUNYOSINING RIVOJLANISHI
Download 370.9 Kb.
|
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklar
YERDA O'SIMLIKLAR DUNYOSINING RIVOJLANISHI
Olimlarning aniqlashicha, bundan uch yarim milliard yil oldin Yer yuzining juda ko'p qismi suv tubida bo'lgan. Ana shu suv ichida birinchi bo'lib, eng sodda tirik mavjudotlar vujudga kelgan. Ana shu dastlabki tirik mavjudotlardan qadimgi bir hujayrali organizmlar vujudga kelgan. Ulaming ba'zilari rangsiz bo'lib, zamonaviy bakteriyalarga o'xshab ketgan. Ba'zilarida esa vaqt o'tishi bilan xlorofill vujudga kelib, hozirgi bir hujayrali suvo'tlarga o'xshab qolgan. Ular asta-sekin murakkablashib borib, bir hujayrali suvo'tlardan ko'p hujayrali suvo'tlarga aylangan. Bundan 570—510 million yillar oldin Yer yuzida suvo'tlar yashnagan va hukmronlik qilgan. Dengiz chekingan sayin suvo'tlaming ko'pchiligi quruqlikka chiqib qolgan. Ba'zi suvo'tlar dengizning sayozlashgan joylarida, keyinchalik esa dengiz sohilidagi semam joylarda yashashga moslashib borgan. Bular dengiz sohilidagi sernam tuproqda o'sa boshlagan va suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki quruqlik o'simliklari hisoblangan. Bunga misol qilib, 1859-yilda Kanadadan topilgan psilofit, 1912-yilda Shotlandiyadan topilgan riniya^ 1937-yilda Buyuk Britaniyadan topilgan kuksoniyalarni ko'rsatish mumkin. Ularda ildiz va barglar bo'lmagan, shoxlagan poya va shoxlar uchida sporangiylari bo'lgan. Ulaming bo'yi 50—70 sm, poyasining yo'g'onligi esa 5—10 sm ga yetgan. Bu o'simliklar million yillar davomida quruqlikda yashashga moslashib borgan va ularda asta-sekin ildiz va barglar paydo bo'lgan. Bundan 400—230 million yillar avval dastlabki quruqlikka chiqqan o'simliklardan yo'sinlar va qirqquloqsimonlar paydo bo'lgan. Ayniqsa, qirqquloqsimonlaming o'sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan. Bu davrda bo'yi 25—30 m, yo'g'onligi 1—1,5 m keladigan daraxtsimon qirqbo`g`imlar va daraxtsimon qirqquloqlar paydo bo'lgan. Shu davming oxirlarida qirqquloqlaming urug' hosil qiladigan vakillari vujudga kelgan. Bundan 200 million yillar ilgari urug'li qirqquloqlardan o`hiq urug'li o'simliklar paydo bo'lgan. Yangi, murakkab hayot sharoiti qirqquloqsimonlar uchun noqulay bo'lib, ularning ayrimlari yo'qola boshlaydi. Ulaming ko'pchiligi, ayniqsa, daraxt va buta shaklidagilari yo'qolib ketgan. Ularning qoldiqlarini faqat qazilma holida uchratish mumkin. Qirqquloqsimonlaming o'rnini sekin-asta quruq iqlimga yaxshi moslashgan o`hiq urugli &simliklar egallay boshlagan. Bundan 140 million yillar ilgari, urug'li qirqquloqlaming shu davrgacha saqlanib kelgan vakiUaridan yopiq urug'li o`simliklar paydo bo'lgan. Iqlim tobora quruqlashib borishi bilan urug'li qirqquloqlaming qolgan vakillari va ular bilan birgalikda qadimgi o`hiq urug'li o'simliklar ham asta-sekin yo'qola boshlagan. O`hiq urug'li o'simliklaming bizgacha yetib kelgan qaragay, qoraqaraglay, archa kabi vakillari namlik biroz ko'proq tushadigan shimoldagi o'rmon zonasida va baland tog'larda saqlanib qolgan. Ayniqsa, Bo'r davridan boshlab yopiq urug'li o'simliklar nihoyatda tezlik bilan ko'payib Yer yuzini egallay boshlagan. Yopiq urug'li (gulli) o'simliklaming chiqib kelishi haqida olimlar orasida turlicha dunyoqarashlar va fikrlar mavjud. Gulli o'simliklar qayerda, qachon va qaysi o'simliklardan kelib chiqqan degan savollar hozir ham ko'pchilikni qi-ziqtiradi. Bir qator ilmiy asarlarda gulli o'simliklar sporali yuksak o'simliklardan kelib chiqqan degan fikrlar ham bor. Gulli o'simliklar hozir qazilma holda uchraydigan o'sim-liklardan kelib chiqqan degan fikrni ko'pchilik quwatlaydi. Bunday qazilma o'simliklardan biri Yevropa va O'zbekistondan (Xisor tizmalaridan) topilgan o`hiq urug'li o'simliklar bo`-limiga oid bennettit turkumiga mansub o'simliklardir. Gulli o'simliklar Bo'r davrida Janubiy-Sharqiy Osiyoda paydo bo'lib, u yerdan boshqa joylarga tarqalgan, degan g'oyalar ilmiy asarlardan chuqur o'rin olgan. O'rta Osiyo, shu jumladan O'zbekistonning ayniqsa gulli o'simliklari o'tmishdagi Tetis nomli dengiz janubida va shimolida joylashgan floralardan hamda mahalliy floradan kelib chiqqan. Boshqacha qilib aytganda, dengiz suvi qurigandan so'ng janubdagi va shimoldagi floralar uning o'rnini egallay boshlagan. Akademik A.L. Taxtadjyan o'simliklarning gul tuzilishiga qarab magnoliya turkumiga kiruvchi turlarga eng sodda gul tuzilishiga ega bo'lgan o'simliklar deb qaraydi. Hozirgi paytda Yer yuzida yuksak o'simliklaming 300 000 turi tarqalgan. Bularga yuksak sporali, o`hiq urug'li hamda yopiq urug'li o'simliklar kiradi. O`hiq urug'li o'simliklarning 700 turi, yopiq urug'li turlaming esa 250 ming turi borligi aniqlangan. Yopiq urug'li o'simliklar bo'limi 2 ta katta sinf (ikki urug`-pallali va bir urug`pallali)ga bo'linadi. Ikki urug'pallalilardan bir urug'pallalilar kelib chiqqan. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda ekiladigan madaniy o'simliklaming aksariyat qismini yopiq urug'li o'sim-liklar tashkil etadi. Bunday o'simliklar chet ellarda ham ko'plab ekiladi. 1. O'simliklar dunyosini ahamiyati. O'simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. t organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t dengiz va okean o'simliklaiga, 38 mlrd. t o'rmonlarga, 6 mlrd. t o'tloqlarga to'g'ri keladi. Bundan tashqari o'simliklar, ya'ni yashil o'simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro'y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo'lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo'lmasa, havodagi karbonad angidridning miqdori ko'payib kishilar va hayvonlar nobud bo'lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o'sha SO2 gazi o'simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o'simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi. Insonnig kundalik hayotida o'simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida er yuzasida suv oqimiga, bug'lanishga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo'nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta'sir etadi. O'simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta'sir etib, havosini tozalab, uni kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi. O'simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlashda keng foydalaniladi. O'simliklar chorva mollar uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarsha estetik zavq beradi. O'simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib, kayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori-darmon tayyorlash, qurilish va boshqa sohalar uchun, qurilish va boshqa sohalar uchun hom ashyo resursidir. O'simlklar – bu qayta tiklash mumkin bo'lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig'ida muhim rol o'ynaydi. Chunki o'simliklar sayyoramiz yuzsining guyoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq hosildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar etkazib berishda va inson hyoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muhim vazifani bajaradi. Yer sharida o'simliklar turi juda ko'p bo'lib, ularning juda oz qismidan kishilar xo'jalik faoliyatlarida foydalanmoqdalar. Yer sharidagi 300 ming o'simlik turidan faqat 6000 turini inson kundalik hayotida foydalansa, shuning 1500 turi esa dorivor o'simliklarga to'g'ri keladi. 2. Inson xo'jalik faoliyatida yangi o'rmonzorlar tashkil etish, madaniy o'simliklarni ko'paytirish, yaylov va o'tloqlar sifatida yaxshilash va territoriyasini kengaytirish hisobiga o'simliklar maydonini ko'paytirib boradi. Buning ustiga ilg'or agrotexnikani qo'llab ekilgan ekinlarda yashil masslar miqdoritabiiy o'simliklarga nisbatan yuqori bo'ladi, yashil o'simlik massalrining miqdori botqoqlik va zahkash erlarni quritish, tuproq sho'rini yuvish, erlarni sug'orish, o'simliklarga mineral va organik o'g'itlar solish, o'simlik kasalliklariga va zararkunandalariga qarshi kurashish, madaniy o'simliklarni yangi navlarini yaratish orqali ko'paytirib boriladi. Bularning hammasi insonning o'simliklar dunyosiga ko'rsatayotgan ijobiy ta'siridir. Yog'och bizning asrimizda universal materialga aylanib, undan xalq xo'jaligini turli sohalarida, jumladan oziq-ovqat etishtirishda, kimyo va yoqilg'i sanoatida, mudofada, madaniy-oqartuv ishlarida, har xil dorilar tayyorlashda ham keng foydalanilmoqda. Agar bundan 30 yil ilgari yog'ochdan 4-5 ming xil narsa tayyorlangan bo'lsa, Hozir undan 20 ming xil narsalar ishlanmoqda. Fan va texnika taraqqiy etgan sari hozirgi zamonda yog'och kimyo sanoatining xom ashyo resursiga aylanib qoldi. Kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qog'oz, sun'iy shoyi va jun, tutunsiz porox, sellyuloza, fotokinoplyonkalar, nitrolak, sun'iy charm, plastmassalar, etil va metil spirti, uksus kislotasi, glyukoza, yonuvchi gaz, sun'iy kauchuk va boshqa juda ko'p mahsulotlar olinmoqda. 1 m3 yog'ochni kimyoviy yo'l bilan qayta ishlaganda kuyidagi mahsulotlarni olish mumkin: 200 kg sellyuloza yoki 200 kg qog'oz, yoki 6000 m3 sellofan yoki 5-6 l yog'och spirti, yoki 20 l sirka kislotasi yoki 70 l vino spirti, yoki 160 km sun'iy tola. O'rmonlar kishilik hayotida oziq-ovqat manbai hamdir. Chunki juda ko'p daraxtlar sifatli meva (kedr, grek va pekan yong'og'i, non daraxti, kakao daraxti, yovvoyi olma, olcha, do'lana, bodom, pista va boshqalar) beradi. So'nggi paytlarda o'rmondan kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qand moddasi ham ajratib olinmoqda. 1 t yog'ochdan gidrolizlash yo'li bilan 550-650 kg gacha qand olish mumkin. Shuningdek, yog'ochdan oqsil va vitaminlarga boy bo'lgan achitqilar ham olinmoqda. O'zbekistonda dorivor o'simliklar juda ko'p bo'lib, eng muhimlari shalfey, etmak, ermon, itjumrut, gazanda, suvqalampir, qoqi o't, momaqaymoq, na'matak, itburun, bangidevona, rovach, yantoq, zira va boshqalar. Shuningdek O'zbekistonda yovvoyi holda o'suvchi foydali o'simliklardan pista, bodom, do'lana, olcha, yong'oq, shashir, tog'asiz, qamish kabilar ko'plab o'sadi. 2. O'rmon resurslari ularning qisqarishining salbiy oqibatlari. O'simliklarning, xususan o'rmonlar maydonining qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Ibtidoiy jamiyatda kishilar o'zi uchun zarur bo'lgan narsalarning bir qismini o'simliklardan olib, uning qisman bo'lsa-da, o'zgarishiga sababchi bo'lgan. Feodalizm va kapitalistik davrlarda Yer sharidagi o'rmolar shafqatsizlarcha kesildi, undan yoqilg'i sifatida, qurilishda va kema ishlashda keng ko'lamda foydalanishi tufayli uning maydoni keskin qisqardi. Ayniqsa Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o'rmonlarning 2/3 qismi yo'q qilindi. Natijada 500 mln. ga erdagi o'rmonlar maydoni qisqarib, dasht biyobonga aylantirildi. O'rmonlar ayniqsa aholi zich, kesish va tashish qulay bo'lgan joylarda va daryo vodiylarida ko'plab kesilgan. Chunki ularni suvda oqizish oson bo'lib, tashish arzonga tushgan. Bunga Oka daryosini misol qilib ko'rsatish etarlidir. Agar Okaning yuqori oqimida XVIII asrda o'rmon bilan qoplanganlik darajsi 15,8%, XIX asrda kelganda uning miqdori 3,6% tushib qolgan. O'rmonlarni rejasiz, tartibsiz kesilishi o'z navbatida tabiatdagi muvozanatni buzilishiga sabab bo'ldi va insonnig xo'jalik faoliyati uchun qo'yidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlatirdi: tuproq eroziyasi tezlashdi, daryo va ko'llarning rejimi o'zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari, sel tez-tez bo'ladigan bo'lib qoldi, mikroiqlimga ta'sir etdi, cho'llarda ko'chma qumlar maydoni kengaydi va hokazo. Tog'li rayonlarda suvning toshishiga, selga qarshi kurashda o'rmonlarning ahamiyati juda katta. Chunki o'rmonlar tog' yon bag'riga yoqqan yog'ining 90%ini ushlab qolsa, aksincha o'rmon yonbag'irlarida yog'inning 90%i oqimga aylanib selni vujudga keltiradi. Shu sabali Yer sharidagi qaysi tog'li joylarda o'rmonlar betartib kesilgan bo'lsa, o'sha erlarda tez-tez xavfli suv toshqinlari va sel bo'lib turadi. O'rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta ahamiyatga ega. Chunki 1 ga o'rmon 18 mln. m3 havoni tozalab turadi. Binobarin, o'rmonli erlardaga havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Chunki 1 ga erdagi archa o'rmonlari katta bir shahar havosini tozalb tura oladi. Bulardan tashqari o'rmonlar tabiatni yanada go'zal, shifobaxsh qiladi va u orqali kishiga madaniy-estetik zavq beradi. O'zbekiston tog'laridagi asosiy o'rmonlar Ugom, Piskom, Chotqol, Hisor, Turkiston, Zarfshon kabi tog' tizmalarida joylashgan. Kishilar o'zlarining faoliyatida o'simliklardan haddan tashqari ko'p va betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning o'simlik qoplamida jiddiy, salbiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda, juda qup o'simliklar turlari kamayib, noyob turga aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish muhim masalaga aylanib qoldi. 1948 yilda BMT qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ishlarni boshqaruvchi va konsultasiya beruvchi organ – Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi tuzildi. Bunga 100 dan ortiq mamlakatlarning 450 davlatlar va jamoat tashkilotlari birlashtirildi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi ilmiy jamoatchilikka murojaat qilib barcha mamlakatlardagi nodir va yo'qolib borayotgan xayvonlarning holatini har tomonlama o'rganishda yordam berish, ularni muhofaza qilish choralarini topishga chaqirdi. Noyob va kamayib borayotgan hamda yo'qolish xavfi ostida turgan barcha turlarni o'rganiuvchi diomiy komissiya tuzdi. Bu komissiya bir necha yillar (1949-1966) mobaynida nodir va kamayib borayotgan hamda yo'qolshi xavfi ostida turgan barcha turlar haqida material to'plab, maxsus “Qizil kitob” (The Red Data Book) va hozirgi foydalanish joyi, soni, biologik xususiyatlari, dunyo hayvonot bog'laridagi miqdori va har xil mamlakatlarda ximoya qilish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar keltiriladi. Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvon turlari 5 ta toifaga bo'lingan: Yo'qolib borayotgan turlar; Kamayib borayotgan turlar; Noyob-nodir turlar; Noaniq turlar; Tegishli chora-tadbirlar Sobiq ittifoqda 1974 yilda “Qizil kitob” ta'sis etilgan bo'lib, 1978 yilda “Qizil kitob” chop etildi. Unga 63 tur va kenja tur sut emizuvchilar, 63 ta qush, 8 ta amfibiy, 21 ta sudralib yuruvchi mavjudotlar kiritilgan edi. “Qizil kitob” ning O'zbekistonga ta'luqli joylari ko'pgina olimlar tomonidan ishlab chiqildi. O'zbekiston respublikasining turli mintaqalarida 650 dan ortiq umurtqali hayvonlari, shu jumladan, 79 dan ortiq qushlar, 99 ta sutemizuvchilar turlari va tur vakillari uchraydi. Faqat Sirdaryo va Amudaryo vohasida joylashgan suv omborlari va ko'llarda baliqlarning 60 turi, ambfibiyalarning 3 turi uchraydi. Respublikamizda sudralib yuruvchilarning 57 turi, suvemizuvchilarning 91 turi va qushlarning 410dan turi uchraydi. O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi qizil kitobning 1984 yilgi nashrida kiritilgan va ushbu turlarning takdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmokdalar. o‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatdi. masalan, anzur va suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsada, ma’lum darajada ko‘paydi. eng kamyob o‘simliklardan sanalgan minkvitsteziumi nomli o‘simlik turining soni 7 tadan 17 tagacha etdi. qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan korovin shirachining mavjudligi aniklandi. ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketgan. omonqora o‘simligi, piskom piyozi, margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasidan yana 138 o‘simlik turini qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘rsatdi. shunday qilib, o‘zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 taga etdi. qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlari tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratildi. 1. yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasidagi turlar bir necha yillar dovomida tabiatda uchratilmagan, lekin ayrim yig‘ib olish qiyin bo‘lgan joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlanib qolish ehtimoliga ega bo‘lgan o‘simlik turlari. 2. yo‘qolib borayotgan turlar yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar. 3. kamyob turlar ma’lum kichik maydonlarda o‘ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar. 4. kamayib borayotgan turlar ma’lum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga qo‘ra yoki insonlar ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar. ayni vaqtda, bunday o‘simliklar har tomonlama nazorat qilib turishni talab etadi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni qo‘riqlash tizimini tashkil qilish Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar mintaqada, qolaversa er yuzida ekologik muvozanatni boshqarib turadi, chunki busiz tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, har qanday xo‘jalik faoliyat oqibatini oldindan ko‘raolmaslik, tabiiy muhitni saqlashni ham iloji bo‘lmay qoladi. O‘simliklarni davlat tizimidagi hududlarini muhofaza qilishni quyidagi shakllari mavjud. Qo‘riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo‘lgan ma’lum bir maydon bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi va maqsadlari nimalardan iborat? qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarning jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. qo‘riqxonalarning xududlaridagi majmualar tabiiy holda saqlanadi. ular inson tomonidan o‘vlashtirilgan va o‘zlashtirilayotgan qo‘shni hududlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘riqxona hududdaridan xo‘jalikda foydalanish, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman taqiqlanadi. qo‘riqxonalar atrofi xam, foydalanib muhofaza kilinadigan zona bo‘lishi kerak. Qo‘riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda o‘rganishdir. ular landshaft tarkibiy qismlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishlarni bilib olib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish uchun zarur. inson tomonidan o‘zlashtirilgan landshaftlarga moslasholmagan hayvonlarni faqat qo‘riqxonalarda saqlash mumkin bo‘lmoqda. Shuningdek, bir qancha o‘simlik turlari faqat qo‘riqxonalarda saqlanmoqda. qo‘riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko‘paytirishda ham katta rol o‘ynaydi. shunday qilib, qo‘riqxona hududlari turli xil hayvon va o‘simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning mikdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. mamlakatimizda hamma qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. qo‘riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy majmualarni va ularning ayrim tarkibiy qismlarini tekshiradilar. Keyingi yillarda inson tomonidan dengiz va okeanlar boyliklari o‘zlashtirilishining tobora kuchayib borishi bilan bog‘liq holda atrof-muhitning ifloslanishiga, ekologik tuzumlarning buzilishiga, ayrim hayvon va o‘simlik turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib keluvchi antropogen ta’sirlar kuchayib bormokda. shuning uchun dunyo akvatoriyalarida ham qo‘riqxonalar tashkil etilib, ularning soni 170dan ortib ketdi. ular avstraliya, daniya, isroil, yaponiya, flipppin, janubiy afrika va boshqa davlatlarda joylashgan. O‘zbekistonda birinchi qo‘riqxona 1926 yilda zomin rayonining jizzax o‘rmon xo‘jaligiga qarashli kulsoy va g‘uralashsoy havzalarida „g‘uralash" tog‘ archa qo‘riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan edi. u keyinchalik zomin tog‘- o‘rmon qo‘riqxonasi nomi bilan qayta taklangan. O‘zbekistonda umumiy maydoni 460ming gektarni tashkil qiluvchi 14ta qo‘riqxona mavjud. qo‘yida ularga to‘xtalib o‘tiladi. Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi. u turkiston tizmasi g‘arbiy qismining shimoliy yonbag‘rida, zomin tog‘ida 1900 - 3500 metr balandlikda joylashgan. bu erda tog‘, dasht, o‘rmon va subalp o‘simlik mintaqalari mavjud. qo‘riqxona hududida 150dan ortiq o‘simlik turlaridan iborat. bu erda archaning uch turi uchraydi. o‘rmonzorning pastki qismida zarafshon archasi, o‘rta kismda saur archasi, yuqori qismida turkiston archasi o‘sadi. Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasida archazorlarning tabiiy geografik majmualarini saqlash ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy resurslar sifatini yaxshilash, ularni ko‘paytirish shuningdek, archa biologiyasini o‘rganish, archazorlarni kengaytarish, xayvonot dunyosini saqlash va tiklash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qo‘riqxona chotqol tizmasining janubiy-g‘arbiy qismidagi dengiz satxidan 1000 - 3200 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, maydoni 47,5 ming gektar erni tashkil qiladi. qo‘riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o‘rmonlar, archazorlar, alp o‘gloqlari kabi ladshaft mintaqalari mavjud. bu erda 600 dan ortiq o‘t, 40ga yaqin daraxt va buta o‘simlik turlari uchraydi. qo‘riqkonaning deyarli yarmi archazorlardan iborat. bundan tashqari pista, kavkaz shamshodi, zirk, irg‘ay, va boshqa o‘simlik turlari o‘sadi. payg‘ambarorol qo‘riqxonasi. bu termiz shahridan 20 km quyida joylashgan. orolning maydoni 4000 gektar. payg‘ambarorol qo‘riqxonasining to‘rtdan uch qismi qalin to‘qayzorlar bilan qoplangan. to‘qaylarda asosan turangi, jiyda va turli xil o‘tlar o‘sadi. qum tepalarida esa yulg‘unlar ko‘p bo‘lib, ularning atrofini tikanli jingilzorlar o‘rab olgan. pastroq erlar qamishzorlar bilan qoplangan. orolning janubiy qismida saksovul, juzg‘un, efemerlar tarqalgan. Qorako‘l qo‘riqxonasi. buxoro viloyatida joylashgan. qo‘riqxona xududidan amu-qorako‘l va amu-buxoro kanallari oqib o‘tadi. kanal suvi to‘lib, atroflarda bir necha ko‘llar hosil qilgan. bular ko‘plab baliq va qushlarning oromgohiga aylangan. qo‘riqxonada 200 ga yaqin yuksak o‘simliklar uchraydi, shundan 30 tasi daraxt va butalardir. kanal yoqasi va ko‘llar atrofidagi to‘qayzorlarda asosan jiyda, turangi, tol, terak, qizil jing‘il yulgunlarning bir necha turi, qamish va boshqa o‘simliklar keng tarqalgan. qumlarda asosan qora saksovul, qandimning 6 turi, singrenning 3 turi, cherkez, iloq va boshqa o‘simliklar tarqalgan. qizilqum qo‘riqxonasi. bu qo‘riqxona ham buxoro viloyati hududida joylashgan. unda o‘simlikning 150 turi o‘sadi. to‘qayzorni ko‘proq daraxt-butazorlar egallaydi. bundan tashqari, bu erda har xil o‘tlar, qamish, qug‘alar, ro‘vak, ajriq va boshqalar o‘sadi. qumli joylarga qora va oq saksovul, cherkez va quyonsuyak xarakterlidir. bodayto‘qay qo‘riqxonasi. qoraqalpog‘iston hududida joylashgan. qo‘riqkonada o‘simlik va hayvon turlari ko‘p. bu erda turangi, yulg‘un va qiyoqzorlar mavjud. nurota qo‘riqxonasi. nurota tog‘ tizmasi yonbag‘irlarida tashkil etilgan. nurota qo‘riqxonasining asosiy vazifasi tog‘-dasht mintaqalarini, ayniqsa, seversov qo‘yi ekologiyasini o‘rganish va muhofaza qilish. zarafshon qo‘riqxonasi. bu qo‘riqxona samarkand shaxrining zarafshon daryosi qayirida tashkil etilgan. ko‘rikxonaning o‘simlik va xayvonot dunyosi xilma-xildir. qayir to‘qaylarida 140 dan ortik o‘simlik turi o‘sadi. qizilsuv qo‘riqxonasi. qashkadaryo viloyatida tashkil etilgan. uning xududida ayiq, qoplon, tog‘ echkisi, umuman tog‘-o‘rmon mintaqasi, archazorlar va uning xayvonlari muxofaza qilinadi. miroki qo‘riqxonasi. hisor tizmasi shimoliy yonbag‘rida, oqsuv daryosi irmoqlari xavzasida joylashgan. u o‘ziga xos o‘simlik va xayvonlarga juda boy bo‘lib, ularning tarqalishi balandlik mintaqalari qonuniyatiga bo‘ysinadi. Qizil kitob va uning ahamiyati "Qizil Kitob -- bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas'uliyatini olgan" (Xalqaro Qizil Kitobdan olingan). Qizil Kitob - nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobidir. Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 - tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi. Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi. Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: - bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa - (antropogen) inson harakatlari natijasidir. Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta'sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta - sen o’z uyingni buzyapsan! Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z. Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bo’lib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari to’ldirilib boradi. Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir. O’zbekiston Qo’riqxonalarining qisqacha tarixi. Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan. Qo’riqxona nima? Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tqaziladi. Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta'siri umuman ta'qiqlanadi. O'zbekistonda, birinchi Qo’riqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan. Ikkinchi Qo’riqxona - 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega. Uchinchi Qo’riqxona - 1947 yilda Toshkent oblastiningOhangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. 1961 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qo’riqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo Qo’riqxonasi deyiladi. 1971 yilda respublikada 3 ta Qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qo’riqxonasi, Buhoroda- Qorako’l va Qizilqum Qo’riqxonasi tashkil qilingan. 1975 yilda yana 4 ta Qo’riqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda). 1976 yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar Qo’riqxonasi qo’shildi. Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma'lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, iiziologiyasi, tabiati o’rganiladi. Qo’riqxonalar, Qizil Kitobning asosiy va muhim vazifalari tabiatimizni asrashimizga qaratilgandir. Siz ham o’z hissangizni qo’shing! O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ning zarurligi Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta'sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi. O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda. 1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan. Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma'lumotlar berilgan.O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi. Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir. O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi. O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq. O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi. Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi. Ta'kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqrog` bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz. O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi. «Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi. Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi. Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bqlingan: «0» maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir. «1» maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir. Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan. «2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi. «3» maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki anropogen omillari ta'siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi. Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan noyob va yo`qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o`simlik va hayvon turlari to`g`risidagi ma'lumotlar matnlari o`zgartirishlarsiz kiritildi. Download 370.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling