O‘zbekiston respublikasining qonuni jamoatchilik nazorati to‘G‘risida


-modda. Davlat organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi huquq va majburiyatlari


Download 19.73 Kb.
bet6/7
Sana25.01.2023
Hajmi19.73 Kb.
#1121496
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boboqulov Adham

16-modda. Davlat organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi huquq va majburiyatlari
Davlat organlari:
jamoatchilik nazorati subyektlaridan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida va uning natijalari haqida axborot olishga;
jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra tayyorlangan yakuniy hujjatlarda ko‘rsatilgan takliflar va tavsiyalarga nisbatan asoslantirilgan e’tirozlarini jamoatchilik nazorati subyektlariga yuborishga;
o‘zi amalga oshirayotgan faoliyat ustidan jamoatchilik nazorati masalalariga doir axborotni o‘z rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida joylashtirishga;
jamoatchilik nazoratini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat organlari:
jamoatchilik nazorati subyektlariga jamoatchilik manfaatiga daxldor bo‘lgan o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda taqdim etishi;
o‘ziga jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan yuborilgan murojaatlar va so‘rovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqishi, murojaatlarga va so‘ralayotgan axborotga javoblar taqdim etishi, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar yoxud topshirilishi jamoat tartibiga va fuqarolarning hayotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar mustasno;
jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan yuborilgan takliflar va tavsiyalarni, shuningdek yakuniy hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishi shart.
Davlat organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
17-modda. Jamoatchilik nazoratining natijalari
Jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin.
Yakuniy hujjat axborot va tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi.

Download 19.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling