O‘zbekiston respublikasining qonuni jamoatchilik nazorati to‘G‘risida


-modda. Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari


Download 19.73 Kb.
bet2/7
Sana25.01.2023
Hajmi19.73 Kb.
#1121496
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boboqulov Adham

5-modda. Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari
Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;
jamoatchilik nazorati subyektlarining xolisligi va beg‘arazligi;
jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;
jamoatchilik nazorati subyektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllari
Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;
davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;
jamoatchilik muhokamasi;
jamoatchilik eshituvi;
jamoatchilik monitoringi;
jamoatchilik ekspertizasi;
jamoatchilik fikrini o‘rganish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.
Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
7-modda. Davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar
Jamoatchilik nazorati subyektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga so‘rovlar yuborishga haqli.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari va so‘rovlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining axborot olishga bo‘lgan huquqi, agar mazkur axborot shaxsga doir ma’lumotlar yoxud davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, cheklanishi mumkin.

Download 19.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling