O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va mdh davlatlari tashqi savdo- iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va mdh davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili


O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana08.04.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1342632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
MUNDARIJA (2)

3. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining
huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o’z tashqi siyosatini o’zi belgilash 
uchun keng imkoniyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 
I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga 
kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon 
respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning 
vositachiligisiz o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatadi.” O’tgan 28 yil davomida 
milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini 
mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va 
madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo’nalishlari 
belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro 
tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o’rin tutadi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan 
yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O’zbekiston 
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda 
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy 
faoliyat milliy banki tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy 
aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida 1990-yil 12-iyulda tashkil etilgan O’zbekiston 
SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qo’mitasi 1992-yil 12-fevralda Tashqi 
iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992-yil 21-fevralda esa O’zbekiston 
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston Respublikasi 
tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi 
iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va 
takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O’zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi 
iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv 


tizimini 
takomillashtirish 
to’g’risida”gi 
Farmoniga asosan, O’zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi. 
O’zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy 
asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O’zbekiston Republikasi 
Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O’zbekiston Respublikasi xalqaro 
munosabatlarning to’la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning 
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning 
daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa 
qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy 
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, 
hamdo’sliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib 
chiqishi mumkin”. 
O’zbekiston o’zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda huquqiy 
normalar asosida o’z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida davlatlararo 
munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldi. Davlatning 
tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi 
kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir. Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.Karimov ta’kidlaganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor 
munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda 
huquqiy asosda amalga oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng 
ko’lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar 
va shart- sharoitlarni ta’minlab beradi”. 
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi o’z tashqi siyosati 
tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda 
ko’rish mumkin: 
1. 
O’zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda jahon 
hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi.


2. 
O’zbekiston Respublikasi o’z iqtisodiy munosabatlarini ikki tomonlama va 
ko’p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar ustuvorligini inobatga 
olgan holda rivojlantirishga qaratdi. 
3. 
O’zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning global va 
mintaqaviy tizimlariga faol qo’shilib, mamlakatda tinchlikni, barqarorlikni 
ta’minlamoqda. 
4. 
O’zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan ijobiy 
hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o’z nufuzini oshirib bormoqda. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi”
4
. “Mamlakatimizda 
investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal 
rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali 
tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, 
investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy 
koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining 
amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga 
asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta koʻrib 
chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. 
Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan: 
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish 
va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab- quvvatlash; 
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va boshqa koʻp 
tomonlama 
iqtisodiy 
tashkilotlar 
bilan 
hamkorlik 
qilish 
jarayonlarini 
muvofiqlashtirish; 
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati 
darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, 
eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish. 
4
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, Investitsiyalar va 
savdo vazirligi tashkil etish” tog’risidagi PQ-4135-sonli qarori 28.01.2019 yil. 


4. 
O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari tashqi 
savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va MDH 
davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili. 
O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari tashqi savdo- 
iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va MDH davlatlar bilan 
tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili 
Har qanday davlat hoh kichik hoh katta bo’lsin, iqtisodiy intеgratsiyasiz 
rivojlanishi tеz bormaydi. Buni ko’pgina davlatlar o’z tajribalarida isbotlashdi. 
Iqtisodiy intеgratsiyani rivojlantirishga qaratilgan O’zbеkiston Rеspublikasi siyosati 
ham iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlanishiga erishishga qaratilgan. 
Iqtisodiy intеgratsiya iqtisodiyotga bеvosita quyidagi natijalaga erish imkoniyatini 
bеradi: 

tovarlar, kapitallar, хizmatlar erkin harakat qiladi; raqobat kuchayadi; 

ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi; ishlab chiqarish samaradorligi 
ortadi; sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqariladi; istе’molchilarning talabi ortib 
boradi; taklif qilinadigan tovarlar nomеnklaturasi ko’payadi; 

bozorlarning rivojlangan shakllari paydo bo’ladi va umumiy 
bozorlar tashkil qilinadi; ishsizlik darajasi pasayadi; milliy iqtisodiyotdagi farqlar 
yo’qolib boradi; yangi kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi; 

milliy iqtisodiyot rivojlanib boradi; eng muhimi kishilar hayoti 
farovonligi oshadi va h.k. 
Bu natijalarga erishish uchun O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Osiyo, 
MDH davlatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan qolavеrsa, Yevropa Ittifoqi 
davlatlari bilan hamkorlikka erishishga harakat qilishi kеrak. O’zbеkiston dunyo 
хo’jaligi tizimiga kirib borar ekan, uning хalqaro iqtisodiy aloqalari uzoq va yaqin 
хorijiy mamlakatlari bilan taraqqiy etmoqda. 
1992-yildan boshlab O’zbekiston tashqi siyosati va diplomatiya sohasidagi 
faoliyati yanada kengayib birin-ketin Xitoy, Yaponiya, Angliya, AQSH, Fransiya, 
Turkiya, Germaniya singari jahonning rivojlangan yetakchi davlatlari bilan 


diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar yo’lga qo’yildi. Ushbu davlatlar bilan 
hamkorlik aloqalarimiz hozirda yuqori darajaga ko’tarildi. 
Iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy 
Xalq Respublikalari bilan olib borilayotgan iqtisodiy aloqalar muhim o’rinni 
egallaydi. Bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlarining yuqoriligi 
jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib kelinmoqda. Ayniqsa, so’ngi yillarda 
ushbu mamlakatlarda eng jadal o’sish suratlari ro’y berib, “Osiyo iqtisodiy 
mo’jiza”lari sifatida baholandi. Shu sababli, Sharqiy Osiyo “yo’lbarslari” deb 
nomlangan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy bilan amalga oshirayotgan foydali 
aloqalar, mamlakatimizdagi modernizatsiya jarayonlari istiqlolning dastlabki 
davrlaridanoq muhim vazifalardan etib belgilangan edi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling