Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy
hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy
aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo
ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki
umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal
qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga
aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon
xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar
manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z
manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga
ko’ra O’zbekiston va MDH davlatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada
rivojlantirish va qo’llab- quvvatlashdan iborat.
Kurs ishining maqsadi. O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy
aloqalarini va rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligini qiyosiy tahlil
qilish orqali o’rganish kurs ishining asosiy maqsadini tashkil etadi. Bundan tashqari,
mavzuni yanada kengroq o’rganish, hamkorlik munosabatlarini xolisona tadqiq va
tahlil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi. O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy
aloqalarini kengroq o’rganish, tadqiq va tahlil qilishdan iborat. Shundan kelib chiqib
kurs ishi davomida hal qilinishi lozim bo’lgan quyidagi vazifalar belgilandi:
-
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari;
-
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlari;
-
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va asosiy
tamoyillari;
-
MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari.
O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi
o’zgarishi tahlili;
-
Mavzuni o’rganishda O’zbekiston Respublikasining so’ngi yillardagi Tashqi
iqtisodiy faoliyati o’zgarishlari tahlillarini yoritib berish asosiy vazifalar etib
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |