O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
289-modda. Soliq stavkalari
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi. (289-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 2891-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari Oldingi tahrirga qarang. Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham to‘lanadi. ** Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda to‘lanadi. (2891-moddaning birinchi qismining O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xomashyosi massasiga nisbatan tamaki xomashyosi massasi to‘g‘risidagi axborotni iste’mol qadog‘ida (idishda) ko‘rsatish sharti bilan qo‘llaniladi. Agar chilim uchun tamaki bo‘yicha tamaki xomashyosi massasi netto og‘irligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda aksiz solig‘i netto og‘irligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tamaki xomashyosining og‘irligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi, bunda iste’mol qadog‘ining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) og‘irligi hisobga olinmaydi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tovarning og‘irligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi iste’mol qadog‘ini (idishini) hisobga olgan holda netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi. (2891-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling