O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


Download 0.69 Mb.
bet270/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

Oldingi tahrirga qarang.
12) o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘lar;
(369-modda ikkinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning qonunchilikda belgilangan normalar doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning iste’dodli va iqtidorli farzandlarini, shuningdek maxsus kontingentdagi tarbiyalanuvchilarning muayyan sonini bepul o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlari;
(369-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuniga asosan 121-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
13) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
14) soliq to‘lovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar bo‘yicha olingan pul va natura shaklidagi daromadlari. Daromadlar soliq to‘lovchining jami daromadiga quyidagi hollarda qo‘shiladi:
soliq to‘lovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan dasturlarda ishtirok etishi ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilganda;
soliq to‘lovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mamlakatimizdagi va chet el tashkilotlarining dasturlariga, ularda aksept muddati o‘ttiz kundan kam va (yoki) ularda ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi ochiq ofertaga qo‘shilganda;
ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tashkilotchi bilan lavozim majburiyatlarini bajarishda mehnat munosabatlarida bo‘lgan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar bajarganlik, xizmatlar ko‘rsatganlik) uchun haq (mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi to‘lov shaklidagi daromad to‘langanda.
Oldingi tahrirga qarang.
15) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatilgan yordam:
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironligi bo‘lgan shaxslarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
(369-modda ikkinchi qismi 15-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
jismoniy shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlash (bundan pul shaklida qo‘llab-quvvatlash mustasno).
(369-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan 15-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son — 2020-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 368-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
16) soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtirok etishi natijasida olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan iborat daromadlari.
(369-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuniga asosan 16-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-iyundan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 386-moddasi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling