O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


Download 0.69 Mb.
bet267/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

53-bob. Jami daromad
368-modda. Jami daromad
Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jami daromad soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.
369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar
Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi:
1) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan soliq to‘lovchi olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
3) olingan alimentlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi.
4) fuqarolar tomonidan olinadigan sug‘urta tovoni summalari;
Oldingi tahrirga qarang.
5) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda to‘lanadigan stipendiyalar;
(369-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
(369-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) mustasno;
(369-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son — 2020-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son “Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
8) majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari, ular bo‘yicha foizli daromadlar, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari.
LexUZ sharhi
Qarang: “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan talabalarning O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari;
(369-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
LexUZ sharhi

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling