O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 436-modda. Soliq imtiyozlari
435-modda. Soliq bazasi
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir. Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning) sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlari uchun o‘rtacha hisobda aniqlanadi. (435-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. (435-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi. 436-modda. Soliq imtiyozlari Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi; Oldingi tahrirga qarang. 2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi; (436-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Oldingi tahrirga qarang. 3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; (436-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Oldingi tahrirga qarang. 4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi; (436-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Oldingi tahrirga qarang. 5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi; (436-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironligi bo‘lgan shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi; 7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari, bundan 5-bandda ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno. Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 30-moddasi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling