O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim: 1) tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun foydalanilganda; Oldingi tahrirga qarang. 2) ular buzilganda yoxud qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yo‘qligida esa soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yo‘qotilgan taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yong‘in, avariya, yo‘l-transport hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yo‘qotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi; (269-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 3) yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb e’tirof etilganda; (269-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4) soliq to‘lovchi maqomini yo‘qotganda (yoki soliq to‘lashdan ozod qilinganda); Oldingi tahrirga qarang. 5) ushbu tovarlar soliq organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki bepul foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarida saqlanganda. (269-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha ushbu Kodeks 267-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi kelgusida ulardan soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi). (269-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi bunday tuzatishlarni amalga oshirishdan oldingi oxirgi o‘n ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi qayta tiklanishi lozim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga to‘g‘ri keladigan qiymati asosida aniqlanadi. Asosiy vositalarning obyektlari, ko‘chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar bo‘yicha tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda qayta baholash hisobga olinmagan, ushbu obyektlarning balans qiymatiga to‘g‘ri keladigan, ilgari bu obyektlar bo‘yicha hisobga olingan (yoki ularning qiymatiga kiritilgan) soliq summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 270-moddasi. Ilgari bunday tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olish uchun qabul qilingan miqdordagi, asosiy vositalarga, ko‘chmas mulk obyektlariga va nomoddiy aktivlarga nisbatan esa ularning qayta baholash hisobga olinmagan holdagi qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib miqdordagi soliq summalari tiklanishi lozim. Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq soliq bazasiga tuzatishlar kiritish amalga oshirilganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha (yoki tuzatilgan) hisobvaraq-faktura asosida u tomonidan ilgari hisobga qabul qilingan soliq summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 257-moddasi. Soliqqa tuzatish kiritish summasi ko‘rsatilgan obyektlarning balans qiymatini oshirishga (yoki kamaytirishga) taalluqli bo‘ladi yoxud foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan xarajatlar (yoki daromadlar) tarkibiga kiritiladi. Oldingi tahrirga qarang. Tovar reeksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda va ushbu tovarning importi chog‘ida soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq summasi unga bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qaytarilganda, soliq to‘lovchi hisobga o‘tkaziladigan soliq summasiga o‘ziga qaytarilgan soliq summasi bo‘yicha tuzatish kiritadi (uni kamaytiradi). (269-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Hisobga olingan soliq summasiga tuzatishlar kiritish ushbu moddada ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan soliq davrida amalga oshiriladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling