O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2023-yil 1-fevraldan
- 41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi 290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
- 291-modda. Soliq davri
2892-modda. Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Oldingi tahrirga qarang. Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
(2892-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 2893-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari Oldingi tahrirga qarang. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
(2893-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda birinchi qismining 3 va 5-bandlarida soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) belgilangan, va mazkur tovarlarni olib kirishda qo‘llanilmaydi. (2893-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z extiyojlari uchun ishlatilganda, soliq to‘lovchilari bo‘lib ushbu tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar e’tirof etiladi. (2893-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida belgilangan soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga qo‘llaniladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi hududiga shakar xomashyosini olib kirishga aksiz solig‘i solinmaydi. (2893-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi. 41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi 290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas. 291-modda. Soliq davri Bir oy soliq davridir. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling