O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari


Download 0.69 Mb.
bet68/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

100-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari
Soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda to‘lash imkonini bermasa, biroq ko‘rsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan muddat mobaynida to‘lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lsa, berilishi mumkin.
Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:
1) ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;
2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;
3) manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
31) manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;
(100-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32) agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) ushbu Kodeks 101-moddasining birinchi qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;
(100-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan 32-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33) agar o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborgan bo‘lsa. Mazkur tartib qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);
(100-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan 33-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;
(100-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;
Oldingi tahrirga qarang.
6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.
(100-modda ikkinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 3 — 6-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin:
1) yuridik shaxsga — uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga;
Oldingi tahrirga qarang.
2) jismoniy shaxsga — uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk mustasno.
(100-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 1 yoki 2-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmaydi. Agar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash ushbu modda ikkinchi qismining 33-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha taqdim etilgan va soliq qarzi bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib to‘lash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan bo‘lsa, foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi.
(100-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 3, 31, 4, 5 va 6-bandlarida va (yoki) to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra berilgan bo‘lsa, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda, ushbu modda ikkinchi qismining 32-bandi bo‘yicha soliqlarni to‘lash kechiktirilgan kundan e’tiboran qarz summasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismi 32-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra foizlar soliqlarni to‘lash kechiktirish bo‘yicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkadan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati tugagan oyidan keyingi oyidan boshlab kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng amal qilish muddati tugagan sanadan e’tiboran kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda o‘n ikki oy ichida to‘lanadi.
(100-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling