Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
148-modda. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish
(1-q.) Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida amalga oshiriladi. (2-q.) Hujjatlar va buyumlarni tungi paytda olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. (3-q.) Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxslar ishtirokida oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan hollarda, olib qoʻyishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun mutaxassis taklif etiladi. (4-q.) Olib qoʻyish boshlanguniga qadar soliq organining mansabdor shaxsi olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi hamda hozir boʻlgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. (5-q.) Soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlar va buyumlarini olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxsga ularni oʻz ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, taklif rad etilgan taqdirda esa olib qoʻyishni majburiy tarzda amalga oshiradi. (6-q.) Oʻziga nisbatan olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxs olib qoʻyilishi lozim boʻlgan hujjatlar va buyumlar saqlanishi mumkin boʻlgan binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh tortganda, soliq organining mansabdor shaxsi tambalarga, eshiklarga va boshqa buyumlarga zarurat sababli yuzaga kelmagan shikast yetkazishdan qochib olib qoʻyishni mustaqil tarzda bajarishga haqli. (7-q.) Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi boʻlmagan hujjatlar va buyumlar olib qoʻyilmaydi. (8-q.) Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 154-moddasida hamda mazkur moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda bayonnoma tuziladi. (9-q.) Olib qoʻyilgan hujjatlar va buyumlar olib qoʻyish bayonnomasida yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatlarda aniq nomi, soni, oʻziga xos xususiyatlari va imkon qadar buyumlarning qiymati koʻrsatilgan holda sanab oʻtiladi hamda roʻyxatga olinadi. (10-q.) Agar soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish uchun tekshirilayotgan shaxs hujjatlarining koʻchirma nusxalari yetarli boʻlmasa hamda soliq organlarida hujjatlarning asl nusxalari yoʻq qilinishi, yashirilishi, oʻzgartirilishi yoki almashtirib qoʻyilishi mumkinligi toʻgʻrisida taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlarning aslini ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyishga haqli. Bunday hujjatlar olib qoʻyilayotganda ulardan soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan koʻchirma nusxalar olinadi va hujjatlar olib qoʻyilayotgan shaxsga topshiriladi. (11-q.) Hujjatlarni olib qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida koʻchirma nusxalarni tayyorlash yoki topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq organi koʻchirma nusxalarni hujjatlari olib qoʻyilgan shaxsga hujjatlar olib qoʻyilganidan keyin besh kun ichida topshiradi. (12-q.) Barcha olib qoʻyiladigan hujjatlar va buyumlar xolislarga hamda olib qoʻyishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga koʻrsatiladi va zarur boʻlgan taqdirda olib qoʻyilgan joyda oʻraladi. (13-q.) Olib qoʻyilgan hujjatlar raqamlanishi, tikilishi va olib qoʻyilayotgan shaxsning muhri yoki imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Ushbu shaxs olib qoʻyilayotgan hujjatlarni muhr yoki imzo bilan tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaga bu haqda maxsus belgi qoʻyiladi. (14-q.) Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusxasi ular qaysi shaxsdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki yuboriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling