Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddati


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

141-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddati 
(1-q.)
Agar ushbu Kodeksning 142-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
soliq auditi oʻttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas.
(2-q.)
Soliq auditini oʻtkazish muddati soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) soliq auditini 
tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq topshirilgan kunda boshlanadi. 
142-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddatini uzaytirish 
(1-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq auditini 
oʻtkazish muddati ikki oygacha, alohida hollarda esa - uch oygacha uzaytirilishi mumkin. 
(2-q.)
Soliq auditini oʻtkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibini Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi. 
(3-q.)
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq auditi oʻtkazilishini quyidagilar 
uchun ham uzaytirishga haqli: 
1) ushbu Kodeksning 146-moddasi birinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) talab 
qilib olish; 
2) chet el davlat organlaridan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida 
axborot olish; 


3) ekspertizalar oʻtkazish; 
4) chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish.
(4-q.)
Soliq auditi muddatini ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan asos 
boʻyicha uzaytirishga hujjatlar talab qilinayotgan har bir shaxs boʻyicha koʻpi bilan bir marta yoʻl 
qoʻyiladi. 
(5-q.)
Soliq auditi muddatini uzaytirish soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organi 
rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. 
(6-q.)
Soliq auditining umumiy muddati olti oydan oshishi mumkin emas. 
(7-q.)
Soliq auditini oʻtkazish muddati oʻtkazilgan soliq auditi toʻgʻrisida dalolatnoma 
tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling