Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq nazoratining shakllari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

136-modda. Soliq nazoratining shakllari 
(1-q.)
Soliq organlari soliq nazoratini: 
1) soliq tekshiruvlari; 
2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi. 
(2-q.)
Bojxona organlari tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi 
orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarga nisbatan oʻz vakolatlari 
doirasida ushbu Kodeksga va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga 
oshiradi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari 


(1-q.)
Soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va soliq agentlari 
tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida 
oʻtkaziladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi toʻgʻrisida soliq organlarida mavjud boʻlgan 
maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini oʻtkazadi: 
1) kameral soliq tekshiruvi; 
2) sayyor soliq tekshiruvi; 
3) soliq auditi. 
138-modda. Kameral soliq tekshiruvi 
(1-q.)
Kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq 
hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida 
mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan 
oʻtkaziladi. 
(2-q.)
Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan 
oldingi tahlilni oʻtkazishi mumkin.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq 
kiritilgan qism) 
(3-q.)
Tekshiruvdan oldingi tahlil - taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq toʻlovchining 
faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan 
foydalangan holda, soliq toʻlovchining ishtirokisiz oʻtkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(4-q.)
Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) 
buyrugʻisiz amalga oshiriladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan 
qism) 
(5-q.)
Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chogʻida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq 
hisobotida soliq organida mavjud boʻlgan maʼlumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, 
soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar 
kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan qism) 
(6-q.)
Soliq toʻlovchi tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan 
eʼtiboran oʻn kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning 
asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan 
soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. 
OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(7-q.)
Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar 
asosnomasi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan 
sanadan eʼtiboran yakunlangan hisoblanadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq
ikkinchi-oʻn sakkizinchi qismlari 
sakkizinchi-yigirma toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin 


(8-q.)
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi 
asosida oʻtkaziladi. Buyruqda soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi 
shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni oʻtkazish muddatlari, 
tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yigʻimlarning turlari koʻrsatiladi. 
(9-q.)
Kameral soliq tekshiruvi ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan daʼvo muddati 
oʻtmagan soliq davrlariga nisbatan oʻtkazilishi mumkin. 
(10-q.)
Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq toʻlovchidan (soliq agentidan, 
uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish 
hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yigʻimlarni hisoblab chiqarish va 
toʻlash bilan bogʻliq boshqa axborotni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soʻrab olishi 
mumkin. 
(11-q.)
Soʻralgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq organiga tegishli soʻrov olingan kundan 
eʼtiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. Soʻralgan hujjatlarni taqdim etish muddati soliq 
toʻlovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur boʻlgan muddatlari koʻrsatilgan 
arizasiga koʻra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin. 
(12-q.)
Agar soliq toʻlovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar ushbu Kodeksning 
83-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgartirilgan 
aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etsa, kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan 
aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. 
(13-q.)
Agar oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq 
hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchiga ushbu 
Kodeksda belgilangan tartibda soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi. 
(14-q.)
Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqida talabnoma yuborilgan sana kameral soliq 
tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar oʻrganish va tahlil qilish yakunlariga koʻra tafovutlar 
va (yoki) xatolar aniqlanmagan boʻlsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi. 
(15-q.)
Soliq toʻlovchi tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran 
besh kun ichida tegishli soliqlar va yigʻimlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud 
tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini ushbu 
Kodeksda belgilangan tartibda taqdim etishi shart. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(16-q.)
Soliq toʻlovchi soliq organining tegishli talabnomasida koʻrsatilgan, aniqlangan 
tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga 
haqli. Soliq toʻlovchining nomidan bunday asosnomani soliq maslahatchilari tashkiloti soliq 
toʻlovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin. 
(17-q.)
Soliq toʻlovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan 
kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) tomonidan 
koʻrib chiqiladi. 
(18-q.)
Aniqlangan tafovutlar boʻyicha taqdim etilgan asosnomalariga toʻliq yoki qisman 
rozilik berilgan taqdirda, soliq organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi 
bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan 
talabnomani soliq toʻlovchiga yuboradi.


(19-q.)
Agar soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan 
aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim 
etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq organi soliq toʻlovchiga 
soliq auditini tayinlashga haqli. 
(20-q.)
Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi oʻtkazilayotgan boʻlsa, bunday 
davr uchun kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan 
oldin tugatilganda qoʻllanilmaydi. 
(21-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan boʻlsa, zimmasiga soliq hisobotini taqdim etish boʻyicha majburiyat 
yuklatilgan soliq agentlarining va boshqa shaxslarning kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan ham 
tatbiq etiladi. 
(22-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashga nisbatan kameral soliq 
tekshiruvi soliq toʻlovchi tomonidan soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etish chogʻida soliq 
organlari qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) toʻgʻrisida 
xabardor qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliq organining buyrugʻisiz, Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qoʻshilgan 
qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq 
hisobotiga oʻzgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. 
OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(23-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi 
natijalariga koʻra soliq organlari ushbu summani qoplash toʻgʻrisidagi qaror yoxud ularni 
qoplashni rad etish (toʻliq yoki qisman) toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qaror qabul qiladi. 
(24-q.)
Kameral soliq tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni 
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling