Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

139-modda. Sayyor soliq tekshiruvi 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash 
sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan 
boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir. 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Sayyor soliq tekshiruvi chogʻida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy 
qimmatliklar va pul mablagʻlari harakatining, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati bilan 
bogʻliq boʻlgan boshqa axborotning tahlili oʻtkaziladi. 
(3-q.)
Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish chogʻida soliq organlari profilaktika tadbirlarini 
va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va toʻlov terminallari 
qoʻllanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini oʻtkazishga haqli. 
(4-q.)
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi 
asosida oʻtkaziladi. Buyruqda soliq toʻlovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, 
otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari va maqsadi koʻrsatiladi. 


(5-q.)
Sayyor soliq tekshiruvi oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi. 
(6-q.)
Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu 
tekshiruvni oʻtkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor 
soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi. 
OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son
Qonuniga 
muvofiq sakkizinchi qism chiqarib 
tashlangan 
(8-q.) Sayyor soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organlari tomonidan soliqlar va 
yigʻimlarni hisoblash amalga oshirilmaydi. 
OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuniga muvofiq toʻqqizinchi qismi sakkizinchi qism 
deb hisoblansin 
(8-q.)
Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni 
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
Qarang: VMning 2021 yil 7-yanvardagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan "Soliq tekshiruvlarini 
tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomning 5-bobi 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling