Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq 
organlariga maʼlumotlar taqdim etish majburiyatlari 
(1-q.)
Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan 
oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga ushbu 
shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechirtirmay tegishli yuridik 
shaxslarning davlat reestridan koʻchirmani, rahbar (rahbar vazifalarini bajaruvchi shaxs) 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini va uning 
pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlarni topshirishi shart. Shuningdek 
mazkur organlar soliq organiga davlat reestriga kiritilgan va tegishli shaxslarga taalluqli boʻlgan 
har qanday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida bunday oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran uch 
kundan kechiktirmay maʼlum qilishi shart. 
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(2-q.)
Ichki ishlar organlari identifikatsiyalovchi ID-kartalar berilganligi, shu jumladan 
yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar 
oʻrniga identifikatsiyalovchi ID-kartalar berilganligi faktlari toʻgʻrisida, bekor qilingan pasportlar 
yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida oʻzlari joylashgan joydagi soliq organlariga har oyda 
xabar berib borishi, shuningdek turar joyni ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasi, tekin 
foydalanishga berish shartnomasi mavjud emasligi yoki ijaraga olish (ijaraga berish) 
shartnomasining soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etilmaganligi boʻyicha 
aniqlangan faktlar toʻgʻrisida oʻzlari joylashgan joydagi soliq organlariga uch kun ichida xabar 
berishi shart. 
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga 
qarang) 
(3-q.)
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi 
organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mol-mulk, ularning 
mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron 
shaklda taqdim etishi shart. 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(4-q.)
Tabiiy resurslardan foydalanuvchilarni hisobga olishni va (yoki) ularni roʻyxatdan 
oʻtkazishni, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalashni 
amalga oshiruvchi organlar tabiatdan foydalanish joyidagi soliq organlariga tegishli tarzda 
roʻyxatdan oʻtkazilgan (litsenziya, ruxsatnoma berilgan) kundan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq 
solish obyekti boʻlgan bunday resurslardan foydalanishga doir huquqlar berish toʻgʻrisida maʼlum 
qilishi shart. 
(5-q.)
Suv resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar suvdan foydalanish yoki 
suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga suvdan foydalanuvchi shaxslar va ular tomonidan 
foydalanilgan suv hajmlari toʻgʻrisida real vaqt rejimida elektron shaklda axborot taqdim etishi 
shart. 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 


(6-q.)
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli 
organlar berilgan, uzaytirilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta 
rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, 
shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarga yuborilgan xabarnomalar 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatilgan tartib-taomillardan oʻtgan shaxslar joylashgan yerdagi 
soliq organlariga elektron shaklda real vaqt rejimida taqdim etishi shart. 
(OʻzR 30.12.2022-y. 
OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(7-q.)
Chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalarini akkreditatsiyadan oʻtkazishni amalga 
oshiruvchi organlar hamda tashkilotlar chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari 
akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi (akkreditatsiyadan mahrum etilganligi) toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlarni vakolatxona joylashgan yerdagi soliq organiga tegishli hodisa roʻy bergan kundan 
eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart. 
(8-q.)
Xalqaro tashkilotlarning hamda chet el notijorat nohukumat tashkilotlarining 
vakolatxonalari reestrini yuritish vakolatiga ega boʻlgan organ mazkur reestrga tegishli tarzda 
kiritilganlik (reestrdagi oʻzgartirishlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni akkreditatsiyadan oʻtkazilgan 
(akkreditatsiyadan mahrum etilgan) yoki mazkur reestrga maʼlumotlar (oʻzgartirishlar) kiritilgan 
kundan eʼtiboran oʻn kun ichida vakolatxona joylashgan yerdagi soliq organiga xabar qilishi shart. 
(9-q.)
Vasiylik va homiylik organlari mol-mulk mulkdorlari (egalari) boʻlgan jismoniy 
shaxslarga nisbatan vasiylik, homiylik hamda mol-mulk boshqaruvi belgilanganligi toʻgʻrisida, 
shu jumladan mol-mulk mulkdori (egasi) boʻlgan bolaning vasiy oilaga topshirilganligi haqida, 
shu jumladan mazkur vasiylik, homiylik va mol-mulk boshqaruvi bilan bogʻliq keyingi 
oʻzgartirishlar toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida oʻzlari 
joylashgan yerdagi soliq organlariga maʼlum qilishi shart. 
(10-q.)
Notarial harakatlarni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organlar (muassasalar) 
koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari, mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi va ijara 
haqi miqdori haqida, merosga egalik qilish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalar berilganligi hamda 
hadya etish shartnomalari notarial tarzda tasdiqlanganligi toʻgʻrisida soliq organlariga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositasida real vaqt rejimida xabar qilishi shart. Bunda hadya 
etish shartnomalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisida taqdim etilayotgan axborotda hadya qiluvchi va 
hadya oluvchi shaxs oʻrtasidagi qarindoshlik darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak. 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(11-q.)
Chet ellik fuqarolarga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ishlash uchun 
ruxsatnomalar yoki patentlar berishni amalga oshiruvchi organlar chet ellik fuqarolar yoxud 
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar turgan joyi boʻyicha migratsiya hisobiga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlarni xabar qilishi shart. Bunday maʼlumotlar soliq organlarida hisobda turmagan va 
oʻziga nisbatan ishlash uchun ruxsatnomani yoki patentni rasmiylashtirish uchun hujjatlar koʻrib 
chiqishga qabul qilingan chet ellik fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan 
taqdim etiladi. Mazkur organlar belgilangan hujjatlar qabul qilingan kundan keyin keladigan 
kundan kechiktirmay ushbu maʼlumotlarni oʻzlari joylashgan yerdagi soliq organlariga xabar 
qiladi. 
(12-q.)
Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi har oyda, hisobot oyidan keyingi 
oyning oʻninchi kunidan kechirtirmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzi va 
investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi 
axborotni taqdim etishi shart. 
(13-q.)
Bojxona organlari har oyda soliq organlariga: 


eksport-import operatsiyalari toʻgʻrisidagi, shuningdek tovarlarni olib oʻtish, shu jumladan 
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali elektron tijorat shaklida amalga oshirilgan 
tovarlarni olib oʻtish haqidagi; 
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona 
omborlarida tovarlar saqlanayotganligi faktlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart. 
(14-q.)
Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining domen nomlari tizimini 
belgilovchi organ soliq organlariga tegishli maʼlumotlar bazasiga ulanish uchun dasturiy 
mahsulotlarni taqdim etish orqali domen nomlarining maʼmurlari toʻgʻrisidagi axborotlarga kirish 
huquqini beradi. 
(15-q.)
Soliq organlariga ushbu moddada nazarda tutilgan, qogʻozda yoki elektron shaklda 
taqdim etiladigan maʼlumotlarning shakllari, shuningdek shakllarni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(16-q.)
Maʼlumotlarni soliq organlariga elektron shaklda taqdim etish tartibi oʻzaro 
hamkorlik qiluvchi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. 
(17-q.)
Ushbu moddada koʻrsatilgan maʼlumotlar soliq organlariga bepul taqdim etiladi. 
(18-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan maʼlumotlar ushbu moddada belgilangan organlar, 
muassasalar, tashkilotlar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan 
mansabdor shaxslar tomonidan soliq organlarining soʻrovlariga binoan soʻrov olingan kundan 
eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi. 
(19-q.)
Muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga maʼlumotlar taqdim etish 
majburiyati qonunchilikda belgilanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 
kiritilgan qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling