Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
130-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti
boʻlgan chet ellik shaxslarni hisobga qoʻyishning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan eʼtiboran bir yuz sakson uch kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Ushbu arizaga quyidagilarning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tarzda tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻzi taʼsis etilgan mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning; 2) maxsus ruxsat beruvchi hujjatlarning yoki litsenziyalarning (ular mavjud boʻlgan taqdirda); 3) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud boʻlgan taqdirda); 4) ijro etilishi doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan shartnomaning (mavjud boʻlgan taqdirda). (2-q.) Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatga shartnoma tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi. (3-q.) Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻz faoliyatining umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatni tashkil etadigan bir nechta shartnomalar tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar faoliyatni amalga oshirish boshlangan yoki qaysi shartnomaga muvofiq faoliyatning umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan oshadigan boʻlsa, oʻsha shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi. (4-q.) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti bilan tuzilgan oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning) ishtirokchisi boʻlgan, faoliyati doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish uchun oʻz faoliyatini amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchisi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti joylashgan (yashaydigan, turgan) yeridagi soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning notarial tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart: 1) birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani; 2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoki Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxsning oʻz mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi raqamini koʻrsatgan holda, tasdiqlovchi hujjatni (yoki uning oʻrniga oʻtadigan hujjatni). (5-q.) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oladigan, ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq toʻlash manbasida soliq solinishi lozim boʻlmagan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kun davomida turgan (yashaydigan) joyidagi soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart: 1) chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni; 2) fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq roʻyxatiga olinganligini tasdiqlovchi hujjatni, bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda; 3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad summasini tasdiqlovchi hujjatni, bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda. (6-q.) Oʻzbekiston Respublikasida mol-mulk soligʻi yoki yer soligʻi solish obyekti boʻlgan mol-mulkni oluvchi chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun bunday mol-mulk yoki yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart: 1) chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni; 2) fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq roʻyxatiga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling