Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

128-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish 
(1-q.)
Yuridik shaxslar oʻzlari joylashgan yerdagi va ularning alohida boʻlinmalari 
joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. 


(2-q.)
Tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan alohida boʻlinmalar 
kiradigan yuridik shaxslar har bir alohida boʻlinma joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga 
qoʻyilishi lozim. 
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan 
savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik 
shaxslar birja savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qoʻyiladi.
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi soliq organlarida 
yirik soliq toʻlovchilarni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli. 
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni vakolatxona yoki doimiy muassasa orqali 
amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarida 
hisobga qoʻyilishi lozim. 
(6-q.)
Jismoniy shaxslar oʻz yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. 
(7-q.)
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk 
joylashgan yerdagi soliq organlarida, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa 
asoslarga koʻra hisobga qoʻyilishi lozim. 
(8-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga koʻra soliq organlarida hisobga qoʻyish 
tartibi ushbu Kodeksning 129 va 130-moddalarida belgilanadi. 
129-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish tartibi 
(1-q.)
Yuridik va jismoniy shaxslarni ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan 
tartibda olinadigan maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga olish, agar ushbu moddada 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga 
oshiriladi. 
(2-q.)
Soliq organlari oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida soliq toʻlovchilar hisobga 
olinishini (hisobdan chiqarilishini) va soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar hisobi yuritilishini 
taʼminlashi shart. 
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrida mavjud boʻlgan 
maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga qoʻyish quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi: 
1) yuridik shaxs oʻzi joylashgan yerida, filiali va (yoki) vakolatxonasi joylashgan yerida
2) chet el notijorat nohukumat tashkilotining oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi 
hududida boʻlinmasi orqali amalga oshirish joyida
3) yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyida yoki oʻz yashash 
joyida. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
(4-q.)
Chet el yuridik shaxsini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) vakolatxona orqali oʻz 
faoliyatini amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida amalga 
oshiriladi. 


(5-q.)
Faoliyatini boshqa alohida boʻlinmalar orqali amalga oshirish chogʻida chet el yuridik 
shaxsini hisobga qoʻyish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan boʻlsa, hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiriladi. Chet el yuridik 
shaxsini soliq organlarida hisobdan chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxsi tomonidan u Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida oʻz faoliyatini boshlagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan 
kechiktirmay soliq organiga beriladi. Hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bunday shaxs 
tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini tugallagan kundan eʼtiboran oʻn 
besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi. 
(7-q.)
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza berilayotganda chet el yuridik 
shaxsi mazkur ariza bilan bir vaqtning oʻzida soliq organiga hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) 
uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(8-q.)
Chet el yuridik shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida soliq 
organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan bunday chet el yuridik 
shaxsining oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etishi toʻgʻrisidagi 
(Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomidan voz kechishi haqidagi) arizasi asosida 
amalga oshiriladi. 
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan 
savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik 
shaxslarni hisobga qoʻyish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling