Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
125-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan
jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish (1-q.) Agar yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxs (bundan buyon ushbu moddada jismoniy shaxs deb yuritiladi) soliq toʻlash boʻyicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon ushbu moddada undirish toʻgʻrisidagi ariza deb yuritiladi) bilan sudga murojaat qilishga haqli. (2-q.) Undirish toʻgʻrisidagi arizaga soliq organining talabnomani taʼminlash tartibida javobgarning mol-mulkini xatlash haqidagi iltimosnomasi ilova qilinishi mumkin. (3-q.) Undirish toʻgʻrisidagi arizaning nusxasi u sudga berilgan kundan kechiktirmay soliq organi tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga yuboriladi. (4-q.) Agar jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi bir million soʻmdan oshsa, undirish toʻgʻrisidagi ariza soliq organi tomonidan sudga beriladi. (5-q.) Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ishlar qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (6-q.) Qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (7-q.) Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish quyidagilarga nisbatan ushbu ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi: 1) bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga; 2) naqd pul mablagʻlariga; 3) boshqa shaxslarga shartnoma boʻyicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga oʻtmagan holda, agar soliq majburiyati ijrosini taʼminlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa; 4) boshqa mol-mulkka, bundan qonunchilikka muvofiq belgilanadigan jismoniy shaxsning yoki uning oilasi aʼzolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan mol-mulk mustasno. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (8-q.) Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishda ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan ketma-ketlikni buzishga yoʻl qoʻyilmaydi. (9-q.) Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablagʻlari koʻrinishida boʻlmagan mol-mulki hisobidan undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va undan kelib tushgan summalar hisobidan toʻlangan paytdan eʼtiboran toʻlangan deb hisoblanadi. (10-q.) Mazkur mol-mulk xatlab qoʻyilgan kundan eʼtiboran va tushgan summalar budjet tizimiga oʻtkazilgan kunga qadar soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun penyalar hisoblanmaydi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling