Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

123-modda. Soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish 
(1-q.)
Agar majburiyatga ega shaxsning soliq qarzini ushbu Kodeksning 121 va 122-
moddalarida nazarda tutilgan tartibda undirish mumkin boʻlmasa, soliq organi soliq qarzini shu 
majburiyatga ega shaxsning boshqa mol-mulki, shu jumladan naqd pul mablagʻlari hisobidan 
undirishga haqli. 
(2-q.)
Soliq qarzini undirish soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomada koʻrsatilgan 
summalar doirasida hamda ushbu Kodeksning 121 va 122-moddalariga muvofiq undiruv amalga 
oshirilgan summalarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning qoidalari soliq qarzini faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi 
tadbirkorlardan undirishga nisbatan qoʻllaniladi. 
(4-q.)
Majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish quyidagilarga 
nisbatan ushbu ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
1) ushbu Kodeksning 121 va 122-moddalariga muvofiq undiruv qaratilmagan naqd pul 
mablagʻlariga nisbatan; 
2) mahsulotlar (tovarlar) ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan mol-mulkka, 
xususan, qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklari, ishlab chiqarishga moʻljallanmagan binolar, 
yengil avtotransport, xizmat xonalarining dizayni ashyolariga nisbatan; 
3) tayyor mahsulotlarga (tovarlarga), shuningdek ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan va 
(yoki) bevosita ishtirok etishga moʻljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan
4) ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etish uchun moʻljallangan xom ashyo va materiallarga 
nisbatan, shuningdek dastgohlar, uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalarga 
nisbatan; 


5) boshqa shaxslarga egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish shartnomasi boʻyicha 
ushbu mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi ularga oʻtkazilmagan holda topshirilgan mol-mulkka 
nisbatan, agar soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlash uchun bunday 
shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa; 
6) boshqa mol-mulkka nisbatan, bundan yakka tartibdagi tadbirkor yoki uning oila aʼzolari 
kundalik shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan, qonunchilikka muvofiq belgilanadigan 
boshqa mol-mulk mustasno. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(5-q.)
Soliq qarzini soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan 
undirishning ushbu modda toʻrtinchi qismida belgilangan ketma-ketligi buzilishiga yoʻl 
qoʻyilmaydi. 
(6-q.)
Soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq 
qarzdorligini undirish sud tartibida amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzdorligi 
tan olinsa, soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) qaroriga binoan soliq qarzi boʻyicha 
majburiyatga ega shaxsning mulki hisobidan soliq qarzdorligi undirilishi mumkin. 
(7-q.)
Soliq organi majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish 
toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tegishli qarorni qogʻozda yoki 
elektron shaklda ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, 
qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etish uchun majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborishi 
kerak. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(8-q.)
Soliq organining ushbu modda yettinchi qismida koʻrsatilgan qarorni majburiy ijro 
etuvchi davlat organiga yuborish shakli va tartibi, shuningdek uning mazmuni Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. 
(9-q.)
Davlat ijrochisi soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan 
undirish toʻgʻrisidagi qaror oʻziga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oylik muddatda ijro 
harakatlarini amalga oshirishi va ushbu qarorda mavjud boʻlgan talablarni bajarishi kerak. 
(10-q.)
Soliq qarzini soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining 
boshqa mol-mulki hisobidan undirish xususiyatlari ushbu Kodeksning 124-moddasida belgilanadi. 
(11-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq qarzlarini bojxona organlari 
tomonidan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan qoidalarni hisobga olgan holda 
undirish chogʻida ham qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling