Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

117-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani 
yuborish tartibi va muddatlari 
(1-q.)
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga u hisobda turgan soliq 
organi tomonidan yuboriladi. 
(2-q.)
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga ushbu qarz aniqlangan 
kundan eʼtiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan soliq qarzini uzish 
toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuborilishi 
kerak. 
(3-q.)
Ushbu Kodeks 116-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan 
hollarda soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomalar boshqa shaxslarga ushbu moddaning 
birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Soliq qarzini uzish 
toʻgʻrisidagi talabnoma olingan sanadan eʼtiboran koʻrsatilgan boshqa shaxslar ushbu talabnomani 
bajarish qismida soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchilarga tenglashtiriladi. 


118-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi 
talabnomani oʻzgartirish 
(1-q.)
Agar soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yuborilganidan 
keyin ushbu talabnomada koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha qarz summasi, penyalar yoki soliq 
haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarimalar summasi oʻzgarishiga olib kelgan holatlarni 
aniqlagan taqdirda, soliq organi ushbu soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi 
aniqlashtirilgan talabnomani yuborishi yoxud ilgari yuborilgan talabnomani chaqirib olishi shart. 
Mazkur qoida soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomada koʻrsatilgan 
soliq, penya yoki jarimalar boʻyicha qarzlari qisman toʻlangan hollarga tatbiq etilmaydi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnoma yoki ilgari yuborilgan 
talabnomaga doir chaqiruv xati soliq toʻlovchiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan 
oʻzgarishlarga olib kelgan holatlar aniqlangan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuboriladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling