Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
112-modda. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi
hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish tartibi (1-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar asosida qaror qabul qilingan taqdirda bekor qilinadi: 1) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 1-bandi asosida - soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti taqdim etilgan kundan keyin bir kundan kechirtirmasdan; 2) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 2-bandi asosida - soliq organining talabiga javoban hujjatlar, tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilgan kuni; 3) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 3-bandi asosida - soliq organining tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxslariga kirish huquqi berilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay; 4) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 4-bandi asosida - soliq toʻlovchining (soliq agentining) u maʼlum qilgan manzilida yoʻqligining asosliligi soliq organi tomonidan eʼtirof etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay. Bunday eʼtirof uchun soliq toʻlovchining vakili soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga zarur tushuntirishlarni shaxsan taqdim etishi shart. (2-q.) Soliq toʻlovchi (soliq agenti) boshqa soliq organida hisobga qoʻyilganda, agar hisobda turish joyi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotlar oldingi hisobda turish joyidagi soliq organiga maʼlum boʻlmasa, shuningdek texnik xatolar yuz berganda va boshqa shu kabi hollarda soliq toʻlovchining hisobga olingan joyda yoʻqligi asosli deb eʼtirof etilishi mumkin. (3-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) uning filiali yoki alohida boʻlinmasi hisobda turgan joyda yoxud soliq solish obyekti hisoblangan mulki joylashgan yerda yoʻqligi, xususan filial yoki alohida boʻlinma tugatilgan yoki koʻrsatilgan mulk realizatsiya qilingan taqdirda asosli deb eʼtirof etilishi mumkin. (4-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror bankka elektron shaklda bunday qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. (5-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish va toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi soliq organining qarorlarini bankka elektron shaklda yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (6-q.) Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish muddati yoki bunday qarorni bankka yuborish muddati buzilgan taqdirda toʻxtatib turish rejimi amal qilgan pul mablagʻlari summasiga foizlar hisoblanadi, bu foizlar soliq organi tomonidan soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) muddat buzilgan har bir kalendar kun uchun toʻlanishi lozim. (7-q.) Agar soliq organi soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida noqonuniy qaror chiqargan boʻlsa, toʻxtatib turish rejimi amal qilgan pul mablagʻlari summasiga nisbatan bank soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran to uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgunga qadar har bir kalendar kun uchun ushbu soliq toʻlovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar hisoblanadi. (8-q.) Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda, foiz stavkasi soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar noqonuniy toʻxtatib turilgan, soliq organi soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish yoki soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni bankka yuborish muddatini buzgan kunlarda amal qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling