Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

110-modda. Penya 
(1-q.)
Soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash 
muddatini buzgan taqdirda toʻlashi lozim boʻlgan pul summasi penyadir. 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 


(2-q.)
Tegishli penyalarning summasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalaridan tashqari 
va soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlashga doir boshqa choralar
shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralari 
qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(3-q.)
Penyalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqni toʻlash kunidan keyingi kundan boshlab soliqni 
toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun hisoblanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish 
toʻgʻrisida ariza berilganligi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga penyalar hisoblanishini 
toʻxtatib turmaydi. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchi, uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatilishi 
yoki pul mablagʻlariga taqiq qoʻyilishi shaklidagi soliq organining undirish toʻgʻrisida taʼminot 
choralari haqidagi qarori qabul qilinganligi sababli toʻlay olmagan soliq qarziga penya 
hisoblanmaydi. Bunday holda penyalar koʻrsatib oʻtilgan holatlarning butun amal qilish davri 
uchun hisoblanmaydi. 
(6-q.)
Soliqni hisoblash va toʻlash tartibi haqida yoki soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni 
qoʻllashga doir boshqa masalalar boʻyicha moliya yoki soliq organi (uning mansabdor shaxsi) 
tomonidan oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga yoki nomuayyan doiradagi shaxslarga 
berilgan yozma tushuntirishlarni bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha 
qarz summasiga penya hisoblanmaydi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(7-q.)
Penyalar soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida soliq organining soliq toʻlovchiga 
yuborilgan asosli fikrini bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha qarz 
summasiga ham hisoblanmaydi. 
(8-q.)
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan holatlar, shu organning 
mohiyati va mazmuniga koʻra soliq qarzi hosil boʻlgan soliq (hisobot) davrlariga taalluqli tegishli 
hujjat mavjud boʻlgan taqdirda, shunday hujjat qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, aniqlanadi. 
(9-q.)
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlari qoidalari, agar soliq organining 
mazkur yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan 
toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri axborotga asoslangan boʻlsa, qoʻllanilmaydi. 
(10-q.)
Har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar soliqning toʻlanmagan summasidan kelib 
chiqib foizlarda belgilanadi. 
(11-q.)
Penyaning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda 
amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi. 
(12-q.)
Penyalar tegishli soliq toʻlanadigan budjetga (davlat maqsadli jamgʻarmasiga) 
toʻlanadi. 


(13-q.)
Penyalar soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan, 
shuningdek soliq toʻlovchining boshqa mol-mulki hisobidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda 
tutilgan tartibda majburiy ravishda undirilishi mumkin. 
(14-q.)
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda 
undirish ushbu Kodeksning 121-124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda, boshqa jismoniy 
shaxslardan esa - ushbu Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
(15-q.)
Ushbu Kodeksning 120-moddasi yettinchi - sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan 
hollarda yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda 
undirish sud tartibida amalga oshiriladi. 
(16-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga ham tatbiq etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling