(3-q.)
Ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan
tartibda rasmiylashtirilgan
amaldagi bank kafolati berilgan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchiga ushbu bandda nazarda
tutilgan taʼminlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas.
(4-q.)
Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash
usullari, ularni qoʻllash tartibi va
shartlari ushbu bobda belgilanadi.
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish
munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda
belgilangan tartibda va shartlarda soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlashning boshqa
choralari ham qoʻllanilishi mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: