Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqni
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
104-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqni
hisobga olish yoki qaytarish tartibi (1-q.) Soliq boʻyicha qarzini qoplash hisobiga soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan summani ushbu Kodeksning 103-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hisobga olish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. (2-q.) Ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan soliqning ortiqcha toʻlanganligi fakti aniqlagan kundan eʼtiboran yoki agar soliq organi va soliq toʻlovchi tomonidan u toʻlagan soliqlarni birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, bunday birgalikdagi solishtirish dalolatnomasi soliq organi va soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan kundan eʼtiboran yoxud sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi. (3-q.) Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoida soliq toʻlovchiga oʻzi ortiqcha toʻlagan soliq summasini uning soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish toʻgʻrisida soliq organiga yozma ariza taqdim etishiga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday ariza mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori soliq toʻlovchining arizasi olingan kundan eʼtiboran yoki, agar birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi bilan u toʻlagan soliqlarni birgalikda oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi. (4-q.) Ortiqcha toʻlangan soliq summasi, ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalarini inobatga olgan holda, soliq toʻlovchiga uning yozma arizasiga binoan soliq organi tomonidan bunday ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida qaytarilishi lozim. (5-q.) Ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ariza, agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan summa toʻlangan kundan eʼtiboran besh yil ichida berilishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ- 683-son Qonuni tahriridagi qism) (6-q.) Ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining tegishli arizasi olingan kundan eʼtiboran yoki, agar birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi bilan u toʻlagan soliqlarning birgalikdagi oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi. (7-q.) Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar soliq organining tegishli summani qaytarish toʻgʻrisidagi qarori asosida rasmiylashtirilgan ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarishga doir topshiriqnoma soliq organi tomonidan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq toʻlovchiga qaytarib berishni amalga oshirish uchun gʻaznachilikka yuboriladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (8-q.) Soliq organi ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olishni yoki qaytarishni rad etish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror haqida soliq toʻlovchiga bunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida xabar qilishi shart. Agar ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq toʻlovchiga qaytarish ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat buzilgan holda amalga oshirilsa, belgilangan muddatda qaytarilmagan summa uchun soliq toʻlovchiga qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun foizlar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Foiz stavkasi qaytarish muddati buzilgan kunlarda amal qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi. (9-q.) Yanglishib toʻlangan soliq summalari, shuningdek penyalar va (yoki) jarimalar soliq toʻlovchiga uning yoxud bankning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligining yozma murojaati asosida, agar xatolik ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qaytariladi. (10-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining ortiqcha toʻlangan summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi (qaytarilishi) lozim. (11-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilishi tugagan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha toʻlangan foyda soligʻining ushbu konsolidatsiyalashgan guruh boʻyicha mavjud boʻlgan soliq qarzi hisobiga hisobga olinmaydigan va (yoki) hisobga olinmagan summalari shu soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsga uning yozma arizasiga binoan hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling