Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

107-modda. Mol-mulk garovi 
(1-q.)
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliqlarni toʻlash majburiyati mol-mulk 
garovi bilan taʼminlanishi mumkin. 
(2-q.)
Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. Soliq toʻlovchining oʻzi yoki uchinchi shaxs garovga qoʻyuvchi boʻlishi 
mumkin. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni toʻlash boʻyicha 
majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qoʻyilgan mol-
mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda 
amalga oshiradi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq oʻziga nisbatan garov belgilanishi mumkin boʻlgan 
mol-mulk, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garov predmeti boʻlishi 
mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(5-q.)
Boshqa shartnoma boʻyicha garov predmeti soliq organi va garovga qoʻyuvchi 
oʻrtasidagi shartnoma boʻyicha garov predmeti boʻlishi mumkin emas. 
(6-q.)
Garov chogʻida mol-mulk garovga qoʻyuvchida qolishi yoxud garovga qoʻyuvchining 
mablagʻlari hisobiga soliq organiga (garovga oluvchiga), garovga qoʻyilgan mol-mulkning but 
saqlanishini taʼminlash majburiyati unga yuklangan holda, topshirilishi mumkin. 
(7-q.)
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan biron-bir bitimni, shu jumladan soliq qarzi 
summalarini uzish maqsadida bitimlarni tuzish faqat garovga oluvchi bilan kelishilgan holda 
amalga oshirilishi mumkin. 
(8-q.)
Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash usuli sifatida garov belgilashda yuzaga 
keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha 
qoida belgilanmagan boʻlsa, fuqarolik qonunchilikning qoidalari qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-
y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling