Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
100-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish shartlari (1-q.) Soliqni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda toʻlash imkonini bermasa, biroq koʻrsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun berilgan muddat mobaynida toʻlash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, berilishi mumkin. (2-q.) Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda berilishi mumkin: 1) ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi; 2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash kechiktirilganligi; 3) manfaatdor shaxs soliqni bir yoʻla toʻlashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo boʻlishi xavfi yuzaga kelganligi; 3-1) manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga koʻra soliq qarzini belgilangan muddatlarda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmaganligi; (OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 3-2) agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) ushbu Kodeks 101-moddasining birinchi qismiga binoan soliq toʻlashni kechiktirish huquqi toʻgʻrisidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtganligining qayd raqamini va sanasini koʻrsatgan holda soliq organlariga yuborgan boʻlsa; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 3-3) agar oʻtgan yil yakunlari boʻyicha jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi toʻgʻrisida xabarnoma yuborgan boʻlsa. Mazkur tartib qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlovchilariga nisbatan qoʻllaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxslar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno); (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812- son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yoʻla toʻlash imkoniyatini istisno etishi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi; 6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (3-q.) Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 3-6-bandlarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda, soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin: 1) yuridik shaxsga - uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga; 2) jismoniy shaxsga - uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk mustasno. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (4-q.) Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda toʻlashga haqli. (5-q.) Agar soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 1 yoki 2-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha berilgan boʻlsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmaydi. Agar soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash ushbu modda ikkinchi qismining 3-3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha taqdim etilgan va soliq qarzi boʻyicha boʻlib- boʻlib toʻlash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan boʻlsa, foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (6-q.) Agar soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 3, 3-1, 4, 5 va 6-bandlarida va (yoki) toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra berilgan boʻlsa, kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash davrida amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda, ushbu modda ikkinchi qismining 3-2-bandi boʻyicha soliqlarni toʻlash kechiktirilgan kundan eʼtiboran qarz summasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismi 3-2-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra foizlar soliqlarni toʻlash kechiktirish boʻyicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkadan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan toʻlashni kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati tugagan oyidan keyingi oyidan boshlab kechiktirish muddati tugaganidan soʻng amal qilish muddati tugagan sanadan eʼtiboran kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda oʻn ikki oy ichida toʻlanadi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling