Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
99-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish
toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli organlar (1-q.) Quyidagi organlar soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb yuritiladi): 1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1-5-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishga (bundan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq, toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi hamda soliq agenti sifatida toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno) ham haqli; (OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6-8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin; 3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha - bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan har qanday soliq boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98- moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling